Bunaqasi bo‘lmagan: Galaxy S10 ekranining hamma yeri barmoq izi skaneridan iborat!

  •   DiMaX
  •  1625
  •  22.10.2018 14:39

Bunaqasi bo‘lmagan: Galaxy S10 ekranining hamma yeri barmoq izi skaneridan iborat!

Samsung kompaniyasi o‘zining Galaxy S10 flagmanlarida misli ko‘rilmagan texnologiyalarni joriy etmoqda. Jumladan, uning nafaqat daktiloskopik datchigi, balki hatto old kamerasi ham displey ostiga yashirilgani haqida yozganmiz.

O‘QING: Samsung Galaxy S10 flagmanlar triosining narxlari va jihatlari ma’lum bo‘ldi

Endi esa Galaxy S10 modellarida qo‘llanuvchi yana bitta texnologiya haqida ma’lumot chiqdi. Xullas, Samsung o‘tgan hafta olgan patentga ko‘ra, barmoq izi skaneri displeyning hamma joyida ishlay oladi! Bu esa, Galaxy S10 old yuzasini butkul qoplagan displey butunicha barmoq izi sensoridan iborat, deganidir!

Ammo old kamera uchun ekranning tepasida tomchisimon «kemtik» borligi g‘alati. Chunki shu paytgacha Samsung telefonlaridan birortasida «o‘yiq» ekran bo‘lmagan va bundan keyin ham bo‘lishi rejalashtirilmagan edi.

Hozirgacha savdoga chiqqan turli modellardagi Samsung smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan qulay narxlarda olish imkoniyati mavjud. Bunda uyingiz yoki ofisingizdan chiqmasdan turib onlayn buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish, haqini tovar qo‘lingizga tekkanidan keyin to‘lashingiz mumkinligi kabi imkoniyatlar sizga ham ma’qul kelishiga ishonamiz.

O‘QING: 650 000 so‘mdan boshlangan Samsung smartfonlarini Terashop.uz’dan oling – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi! (2018 yil 8 oktyabr)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!