Bunaqasi bo‘lmagan: Samsung endi Apple va iPhone’ni «serial tarzida» masxara qilishga o‘tdi! (+3 ta video)

  •   DiMaX
  •  2514
  •  21.07.2018 10:39

Bunaqasi bo‘lmagan: Samsung endi Apple va iPhone’ni «serial tarzida» masxara qilishga o‘tdi! (+3 ta video)

Kuni kecha janubiy koreyalik texnogigant o‘zining Galaxy S9 flagmani reklamasida Apple’ning texnik ko‘mak xizmati hamda yubiley superflagmani ustidan kulgan edi. Samsung bu mavzuni yana davom ettirmoqda – aftidan, u o‘zining «ashaddiy raqibi»ni masxaralovchi roliklardan serial tayyorlamoqchi...

O‘QING: Samsung o‘z reklamalarida Apple’ni masxaralab charchamayapti

Kecha Samsung birdaniga uchta reklama lavhasini e’lon qildi va ularning barchasida kupertinolik gigant taklif etayotgan yechimlar ustidan kulgan. Bu roliklarda Apple Store do‘konlaridagi maslahatchilar mayna qilingan va shu orqali Samsung yechimlarining ustunliklariga ishora qilingan.

Mana, ilk videolavhada iPhone’larda quloqchinlar uchun 3,5 millimetrlik audiotirqish yo‘qligi hajv ostiga olingan. Korporatsiya mijozi kelib, o‘z quloqchinini smartfonga qanday ulash kerakligini maslahatchidan so‘raydi. Kompaniya xodimi bunga: «Perexodnik (inglizchada – dongle) ulash kerak», deya javob beradi. Shunda mijozda boshqa savol paydo bo‘ladi: «Qanday qilib bir vaqtning o‘zida ham musiqa tinglab, ham smartfonni quvvatlashim mumkin?» Javob oddiy: «Boshqa perexodnik kerak».

O‘QING: Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 2. Dolby Atmos effektli AKG stereodinamiklari (+video)

Samsung taqdim etgan ikkinchi rolik esa tezkor quvvatlash funksiyasiga bag‘ishlangan. Unda mijoz qiz Apple maslahatchisiga murojaat etib, iPhone jamlanmasida nega tezkor quvvatlash to‘plami yo‘qligini so‘raydi. Konsultant esa unga, boshqa USB-kabel hamda tezkor quvvatlash funksiyasiga ega bo‘lgan maxsus adapter sotib olishni taklif etadi. Anglaganingizdek, bu lavhada Galaxy S9 flagmanlari jamlanmasida tezkor quvvatlash to‘plami ham birga taqdim etilishi reklama qilingan.

O‘QING: Galaxy S9/S9+ : superflagmanlarning siri!

So‘nggi videorolikda esa iPhone kamerasi masxaralangan. Unda mijoz va maslahatchi orasida DxOMark testlari natijalariga ishonish mumkinmi-yo‘qmi, deya bahs ketadi. Ma’lumki, ushbu professional kompaniya tajribalarida Galaxy S9 kamerasi Apple smartfonlaridan ustunligi aniqlangan. Reklamadagi maslahatchi esa, «raqamlarga emas, balki o‘z yuragiga ishonish»ni taklif etadi...

Xullas, shunaqa gaplar – hali buning davomi ham bo‘lishi mumkin... Voqealar rivojini birga kuzatamiz, bizdan uzoqlashmang!

O‘QING: Galaxy S9 olsammi yoki S9 Plus – "Malika"da yana bosh qotdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.