Bundan buyon Tramp AQShning har bir fuqarosiga SMS jo‘natadi

  •   Saroy
  •  473
  •  04.10.2018 13:11

Bundan buyon Tramp AQShning har bir fuqarosiga SMS jo‘natadi

Bugun oqshomda AQSh favqulodda vaziyatlarni boshqarish  Federal agentligi mamlakatning har bir fuqarosiga «Prezident ogohlantirishi»ni SMS ko‘rinishda jo‘natadi. Shunday yo‘l bilan hukumat fuqarolarni ogohlantirishning Integrallashgan tizimini  (IPAWS) sinovdan o‘tkazmoqda. Xabar prezident Tramp nomidan yoziladi.

Umuman olganda, xabarda qo‘rqinchli narsaning o‘zi yo‘q. Masalan bizning mamlakatda FVV tomonidan murakkab ob-havo haqida fuqarolarga shunday SMS jo‘natilib turiladi. Amerikaliklarga ham shunday ogohlantirish jo‘natiladi, faqat u FVV tomonidan emas, balki prezidenti tomonidan bo‘ladi. Farq shuki, xabarnoma qandaydir mahalliy hudud bo‘yicha emas, balki butun mamlakat fuqarolariga jo‘natiladi.

O‘QING:Messenjerlar davri keldi: SMS va qo‘ng‘iroqlar o‘tmishga aylanadi

Global xabar jo‘natish tizimi Oq uyning mamlakatning har bir fuqarosi uchun  zarur bo‘lganda, ya’ni favqulodda vaziyat yuzaga kelganda ogohlantirish jo‘natish imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun amalga oshirilmoqda. Dastavval ushbu test 20 sentyabrda bo‘lib o‘tishi lozim edi, lekin mamlakatning ayrim hududlarida favqulodda vaziyat yuzaga kelgani uchun qoldirilgan edi.

O‘QING:Plastik kartadagi SMS-xabarnoma xizmati qanday o‘chiriladi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!