Buyuk Britaniya bilan AT sohasida hamkorlik kuchaytiriladi

  •   DiMaX
  •  344
  •  23.03.2019 17:16

Buyuk Britaniya bilan AT sohasida hamkorlik kuchaytiriladi

Joriy yilning 18-22 mart kunlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib, bir qator tashkilotlar va AT-kompaniyalari bilan urashuvlar o‘tkazdi. Bu haqida vazirlikning Axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘QING: Vazir: dunyoning 50 ta eng kuchli mamlakati qatoridan joy olishni ko‘zlaganmiz

Muzokaralar natijasiga ko‘ra, «London TechWeek 2019»da mahalliy AT-kompaniyalarining ishtiroki hamda unda respublikamizni taqdim etish, Britaniya innovatsiyalar agentligi ochiq fondi mablag‘larini jalb qilish maqsadida Toshkent shahridagi Inha universiteti va Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti «startap-loyihalari»ni Buyuk Britaniyaning qo‘llab-quvvatlash dasturlarida ishtiroki, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha mahalliy kadrlarning o‘qishlarini tashkil etish borasida Alan Tyuring instituti bilan yaqin munosabatlar o‘rnatish masalalari yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Delegatsiya tashrifi doirasida, shuningdek, Tech Nation agentligi bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi. U Toshkent shahridagi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parkidagi AT-tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Tech Nation dasturlarini tatbiq etish, AT-kompaniyalari ekotizimini takomillashtirish, texnologik kompaniyalar dasturlari va mexanizmlari bo‘yicha tajriba almashish va ularning kelgusidagi moliyalashtirilishi yuzasidan hamkorlikni nazarda tutadi.

Tech Nation 10 yil davomida Londondan tortib Birlashgan Qirollikning barcha hududlarini qamrab olgan holda, raqamli va kreativ ekotizimni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish ustida ish olib borayotgan Buyuk Britaniyadagi nufuzli agentlikdir.

Agentlik ulkan maqsadlarga ega bo‘lgan texnologik tadbirkorlarni ularning rivojlanishini dastlabki, o‘rta va so‘nggi bosqichlarida qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanadi. U mutaxassislar uchun o‘quvlar tashkil etadi hamda butun dunyo bo‘ylab raqamli texnologiyalar mutaxassislarini jalb etish maqsadida ularga viza masalalarida maxsus ko‘mak ko‘rsatadi.

O‘QING: Telekommunikatsiya tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat markazlarigacha 4 barobarga oshiriladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.