Canalys 2022 yilda eng ko‘p smartfon sotgan kompaniya nomini e’lon qildi

Canalys 2022 yilda eng ko‘p smartfon sotgan kompaniya nomini e’lon qildi

Canalys bugun 2022 yilning to‘rtinchi choragi hamda butun yil davomidagi smartfon savdosiga oid raqamlarni e’lon qildi. 2022 yilning to‘rtinchi choragi smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar uchun unchalik omadli bo‘lmadi. 2021 yilning to‘rtinchi choragiga qaraganda ushbu davrda smartfon savdosi 17% ga, yil davomida esa 11% ga qisqardi. 

Apple odatdagidek to‘rttinchi chorakda smartfon savdosi bo‘yicha yetakchi bo‘ldi. Bunga kompaniyaning yangi iPhone modellarini taqdim etgani sabab bo‘lgan. To‘rtinchi chorakda kompaniyalarning bozor ulushi quyidagicha bo‘ldi:

1. Apple - 25%

2. Samsung - 20%

3. Xiaomi - 11%

4. Oppo - 10%

5. Vivo - 8%

6. Boshqa kompaniyalar - 26%

2021 yilning to‘rtinchi choragiga qaraganda Apple'ning bozor ulushi ushbu davrda 2% ga, Samsung va Oppo kompaniyalariniki 1% ga oshgan bo‘lsa, Xiaomi kompaniyasiniki 2% ga kamaydi. Vivo esa ikkala davrda ham stabillikni saqlab qolgan. 

2022 yilining umumiy natijalari bo‘yicha kompaniyalarning savdo ulushi quyidagicha bo‘ldi:

1. Samsung - 22%

2. Apple - 19%

3. Xiaomi - 12%

4. Oppo va Vivo - 9%

2021 yilgiga qaraganda Samsung va Apple kompaniyalarining savdo ulushi 2% ga yuqoriladi. Oppo kompaniyasiniki 2% ga, Vivo va Xiaomi'ning savdo ulushi 1% ga kamaydi. 

2023 yilda Canalys tahlilchilari smartfon savdosida biroz o‘sish kuzatilishini taxmin qilishmoqda.

O‘QING: Rasman: Apple yangi avlod MacBook Pro noutbuklarini taqdim etdi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!