CES 2017: Chuwi Hi13 planshetiga yuqori aniqlikdagi ekran o‘rnatilgan

CES 2017: Chuwi Hi13 planshetiga yuqori aniqlikdagi ekran o‘rnatilgan

Xitoyning Chuwi kompaniyasi CES 2017 ko‘rgazmasi doirasida Intel Apollo Lake platformasida ishlaydigan Hi13 planshetini namoyish qildi, deb yozmoqda 3D News sayti.

Planshetga 13,5 dyuymli 3000 x 2000 piksel formatidagi ekran o‘rnatilgan. Piksellar zichligi – 267 ppi. Displey kontrastligi 1700:1, yorqinligi 400 kd/m2.

Model 14 nm texnologiyasida yaratilgan Intel Celeron N3450 protsessorida ishlaydi. Maksimum chastotasi 2,2 GGs. Protsessorda Intel HD Graphics 500 grafik kontrolleri ko‘zda tutilgan, 4 Gbayt operativ, 64 Gbayt doimiy xotiraga ega Wi-Fi interfeysi va USB Type-C porti bilan jihozlangan.

Chuwi Hi13 plansheti Windows 10 operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi, sotuvga chiqish va narxiga hozircha aniqlik kiritilmagan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!