CES 2019: Dunyodagi ilk E-Ink displey tugmachali xameleon-klaviatura (+video)

  •   DiMaX
  •  616
  •  08.01.2019 13:36

CES 2019: Dunyodagi ilk E-Ink displey tugmachali xameleon-klaviatura (+video)

Bu yilgi Consumer Electronics Show ko‘rgazmasiga turli kompaniyalar har xil yangi ishlanmalari bilan kelishgan. Fransiyaning Nemeio kompaniyasi esa bu tadbirda antiqa kompyuter klaviaturasini taqdim qildi.

O‘QING: Tanishing: gibrid klaviatura yoki sichqoncha(foto)

Ushbu klaviaturaning har bir tugmachasi E-Ink displey – elektron mutolaa qurilmalarida qo‘llanuvchi elektron qog‘ozli ekran bilan ta’minlangan. Natijada Nemeio Keyboard tugmachalaridan har birini foydalanuvchi o‘z ehtiyojiga qarab sozlashi – ularga kerakli harflar, raqamlar va belgilarni joylashi mumkin. Masalan, yuqori qatordagi funksional tugmachalarga ko‘p ishlatiladigan dasturlarni tezkor ochish funksiyasini biriktirsa bo‘ladi.

Nemeio Keyboard’ga bir nechta rejimlarni yuklab qo‘yish va maxsus tugmachalar yordamida ularni almashtirish mumkin. Tugmachalar jamlanmasining tayyor profillarni qo‘llash yoki har bir tugmachaning belgisi va funksiyasini tayinlab, yangi profil yaratish imkoni ham bor.

O‘QING: Kichkina demang bizni..: Klaviatura ustida yugirayotgan bola

Yangicha klaviaturani quyidagi CES 2019 tadbiridan olingan quyidagi lavhada ko‘rishingiz mumkin:

Kompaniya mazkur ishlanmasini seriyali tarzda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun bu yil kraudfanding maydonchasida mablag‘ to‘plashni rejalashtirgan. Uning ishtirokchilari Nemeio Keyboard’ni taxminan 300–500 yevro orasidagi narxda olishlari mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Windows 10 operatsion tizimining barcha bilishi lozim bo‘lgan klaviatura kombinatsiyalari