CES 2020: Sony kutilmaganda Tesla’ning «panjasiga panja urdi»! (+video)

  •   DiMaX
  •  2166
  •  07.01.2020 14:03

CES 2020: Sony kutilmaganda Tesla’ning «panjasiga panja urdi»! (+video)

Consumer Electronic Show (CES 2020) ko‘rgazmasida taniqli yapon kompaniyasi umuman kutilmagan anons qildi. U o‘zining ilk elektromobili – Sony Vision-S modelini taqdim etdi!

O‘QING: Elektrokarlar davri: Germaniya avtosanoati dunyodagi yetakchiligini boy beryaptimi?

Vision-S elektrokari yapon kompaniyasining va hamkorlarining bir qator innovatsion texnologiyalarini namoyish etish uchun yaratilgan konsept hisoblanadi. Sony uni seriyali tarzda ishlab chiqarib, bu bozorga kirish-kirmasligi hozircha noma’lum. Lekin agar bu ish amalga oshadigan bo‘lsa, yaponlar Tesla’ga jiddiy raqib bo‘lishadi.

Sony Vision-S elektromobilining ichki va tashqi tomonlarida 33 ta turli datchik mavjud. Shuningdek, elektrokar bir nechta displey, kuchli ovoz yangratish tizimi hamda uzluksiz internet bog‘lamasi bilan ta’minlangan. Uning ayrim butlovchi qismlarini kompaniyaning NVIDIA, BlackBerry, Bosch va Qualcomm kabi hamkorlari taqdim etishgan.

Elektrokarning platformasi Magna kompaniyasi yordami bilan yaratilgan. Sony’ning ta’kidlashicha, bu platforma boshqa tur transport vositalari, jumladan – yo‘ltanlamas mashinalarga ham mos keladi.

O‘QING: Tesla elektromobili haydovchini tiriklay yondirib yubordi

Mana, ushbu elektromobilni rasmiy videoda ko‘ramiz:

«Ushbu prototip mobillikning kelajagiga biz qo‘shadigan hissani o‘zida aks ettiradi», deydi kompaniya bosh direktori Kenitiro Yoshida. Aytish kerakki, Sony o‘zining matbuot anjumani oxirida Vision-S’ning qisqagina taqdimoti uchun atigi ikki daqiqa vaqt ajratgan. Shu sababli u bilan bog‘liq ko‘plab savollar ochiq qolgan.

O‘QING: «Bu senga Toshkent emas»: Rekordni rasman qayd etmoqchi bo‘lgan Tesla Model S poyga trassasida ishdan chiqdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!