Civilization’ga nima bo‘ldi? geymerlar juda norozi

  •   Saroy
  •  942
  •  08.10.2018 14:31

Civilization’ga nima bo‘ldi? geymerlar juda norozi

O‘yinlarni Windows’dan boshqa platformalarga port qiladigan Aspyr Media  iPhone va iPad’da Civilization 6’ni chiqardi.

O‘yin iTunes’da 60 dollar narx bilan paydo bo‘ldi va foydalanuvchilarning noroziligiga sabab bo‘ldi. Geymerlar  tarmoqlarda bu narx juda baland ekanini yozishmoqda. Shu tufayli o‘yinning reytinggi do‘konlarda 5 dan 2.8 gacha tushib ketdi. Ta’kidlash joizki,  Civilization 6 hozirda 60 foizga arzonlashtirilib berilmoqda va endi uni 23.99 dollarga olish mumkin. Buning ustiga, ixtirochilar 60 ta yurishni bepul o‘ynashga imkon beradi.

O‘QING:Gamescom 2016: yilning eng yaxshi o‘yinlari

Civilization 6’ni  iOS 11’da ishlaydigan Apple’ning aksariyat smartfonlari, jumladan:  iPhone 7 yoki 7 Plus, iPhone 8 yoki 8 Plus, iPhone X’lar qo‘llab quvvatlaydi. Shuningdek iPad Air 2, iPad planshetlarining 2017da chiqqanlari va  iPad Pro’ning barcha versiyalari Civilization 6’ni qo‘llab quvvatlaydi. Eslatib o‘tamiz, Civilization 6 qo‘shimcha  ssenariy va sarkardalari bilan   Nintendo Switch’da chiqqandi.

O‘QING:Kun raqami: Super Mario Run bir yarim oyda 78 million marta yuklab olindi