Ckyrin S10 – quvvati 4 kunga yetuvchi, 5 metr suv tubida ishlovchi, 3G-modem va kameraga ega «aqlli» soat

  •   DiMaX
  •  1350
  •  25.06.2018 15:01

Ckyrin S10 – quvvati 4 kunga yetuvchi, 5 metr suv tubida ishlovchi, 3G-modem va kameraga ega «aqlli» soat

Taqiluvchi gadjetlar bozorida asosan Apple, Huawei va Xiaomi kabi kompaniyalar yetakchi. Ammo ularchalik tanilmagan boshqa ishlab chiqaruvchilar ham ilg‘or xususiyatlarga ega smart-soatlar taqdim etmoqda.

O‘QING: Ikkita ekranli, bitta quvvatda 30 kungacha ishlay oladigan «aqlli» soat yaratildi!

Ckyrin kompaniyasi kuni kecha taqdim etgan navbatdagi «aqlli» soat Ckyrin S10 deb nomlanadi. U sportchilarga va faol turmush tarzi bilan yashovchi insonlarga juda qo‘l keladi – soatga to‘qqizta sport rejimi tatbiq etilgan.

Ckyrin S10 korpusi chang va suv kirishidan muhofaza qilingan – u IP68 himoya standarti talablariga javob beradi. Bulardan tashqari, ishlab chiqaruvchi mazkur gadjetning hatto 5 metrgacha suv tubida ham o‘z ish faoliyatini yo‘qotmasligiga kafolat berayotir. Demak, nafaqat kundalik yumushlar bilan band bo‘lgan yoki dushda yuvinayotgan paytda, balki hatto basseynda yoki boshqa biror tabiiy suv havzasida cho‘milayotganda ham uni yechib qo‘yish shart emas!

O‘QING: Bu smartfon ko‘l tubida 2 hafta yotganidan so‘ng ham ishlayverdi!

Yangi «aqlli» soat 1,39 dyuymlik Super AMOLED displey bilan ta’minlangan. Old panelning 85 foiz maydonini egallagan ekranning tasvir aniqligi esa 400x400 pikselni tashkil etadi.

Ckyrin S10 to‘rt yadroli MTK6580 protsessori bazasida, Android 7.0 operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydi. Uning tezkor va doimiy xotirasi esa tegishlicha 2 hamda 16 gigabaytlik hajmga ega.

Smart-soatda NanoSIM-karta uyachasi mavjud – uning yordamida 3G tarmoqlarida qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish hamda SMS-xabar almashish imkoni bor. Shuningdek, u Wi-Fi, Bluetooth 4.0 hamda GPS modullari, shuningdek, 2 megapikselli kamera bilan jihozlangan.

Ckyrin S10 o‘lchamlari va vazniga kelsak, 120x98x62 millimetrlik bu smart-soat 235,5 gramm tosh bosadi. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, 460 mA/soatlik akkumulyatori uning 3-4 kun ishlab berishi uchun yetadi.

Hozircha Ckyrin S10 «aqlli» soatining narxi ma’lum qilinmagan. Ammo boshqa ishlab chiqaruvchilarning ayrim modellardagi smart-soatlari yurtimiz bozorlariga ham yetib kelgan.

O‘QING: O‘zbekiston bo‘yicha eltib beriluvchi Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlari narxlari (2018 yil 29 may) – pulini xaridingiz qo‘lingizga tekkanidan so‘ng to‘laysiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!