Counterpoint: Eng xaridorgir o‘rta narxli smartfon aniqlandi

Counterpoint: Eng xaridorgir o‘rta narxli smartfon aniqlandi

Marketing tadqiqotlari kompaniyasi hisoblangan Counterpoint o‘zining Market Pulse nomli loyihasi doirasida 2018 yilning iyun oyida eng yaxshi sotilayotgan o‘rta narxli smartfonlarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Vivo X21 hamda Huawei P20 Lite eng yaxshi xaridorgir mobil aloqa vositalari deb topilgan.

Counterpoint kompaniyasining kuzatuvlariga ko‘ra, Huawei o‘z uyidagi hamda Hindistondagi smartfon bozorida o‘rta narxli "P20" va "P20 Lite" turkumidagi smartfonlari bilan o‘rnini mustahkamlamoqda. Jahon miqyosida bir oyda sotilgan jami smartfonlarning 2.7 foizi P20, P20 Pro, hamda P20 lite ulushiga to‘g‘ri keladi.

Ular orasida yaxshi sotilish bo‘yicha P20 lite modeli yetakchilik qilmoqda. P20 lite hozircha "eng yaxshi o‘rta narxli mobil telefon" degan nomga munosib. Uning jahon smartfon bozorlaridagi o‘rtacha bahosi 400 AQSh dollarini tashkil qiladi.

Martda taqdim qilingan Huawei P20 Lite korpusi metall romli, orqa paneli shishadan ishlangan. Xitoylik ishlab chiqaruvchi bu smartfonni ishlab chiqarishda iPhone X dizaynidan ilhom olgan. Displeyning yuqorisida mashhur «o‘yiq» bor, bosh kamera modullari tikka joylashgan.

P20 Lite ekranining o‘lchami – diagonaliga 5,84 dyuym, tomonlarining o‘zaro nisbati – 19:9 ga teng. Displeyning tavir aniqligi esa 1080x2280 pikselni tashkil etadi. Barmoq izi skaneri korpusning orqa panelidan o‘rin olgan.

O‘qing: AnTuTu: Narxiga munosib eng yaxshi smartfonlar reytingi (arzon va o‘rta narxli)

Smartfon Kirin 659 chipi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. Bu chip o‘rta imkoniyatli. Qo‘sh modulli kamera 16 va 2 megapikselli ikkita ob’yektivni o‘z ichiga olgan. An’anaviy tarzda, bularning ikkinchisi boke effekti, ya’ni orqa fonni xiralashtirib suratga tushirish uchun qo‘llanadi.

Huawei P20 Lite 400 AQSh dollaridan boshlab sotilmoqda.

Shu bilan birga, barmoq izi skaneri ekranidan joy olgan Vivo X21 smartfoni yanada qiziqroq devays. Narxi ham shunga yarasha -- 500 AQSh dollaridan oshadi.

Umuman olganda, X21 hamda P20 lite har biri o‘rta narxli mobil telefonlar bozorida deyarli 1.4 foiz ulushga egalik qilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!