Dahshatli qotillik videosini tarmoqlarga tarqatgan yigit qamaldi

  •   DiMaX
  •  874
  •  08.06.2021 08:17

Dahshatli qotillik videosini tarmoqlarga tarqatgan yigit qamaldi

Joriy yilning 6 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Urgut tumanida ko‘lidagi mix orqali bir kishini o‘ldirayotgan fuqaro tasviri aks etgan videolavha tarqaldi va omma orasida turlicha muhokamalarga sabab bo‘ldi. Uni tarqatgan shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rildi, deb yozadi Xabar.uz nashri.

O‘QING: Telegram-kanalda qizlarning telefon raqami va pornografik materiallar tarqatgan shaxs jazolandi

Shov-shuvlarga sabab bo‘lgan ushbu video yuzasidan IIB xodimlari tekshiruv ishlarini olib borishdi. Vahshiylik aks etgan ushbu videolavhani urgutlik Sh.S. tarqatgani ma’lum bo‘ldi.

Bu ham yetmagandek, fuqaro Sh.S. bilan bu kabi zo‘ravonlik va shafqatsizlik aks etgan lavhalarni tarqatmaslik yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish uchun borgan IIB xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgan.

Fuqaro Sh.S.ga tegishli tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudi tomonidan Sh.S.ga nisbatan 7 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

O‘QING: O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlar bloklanishi mumkinmi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!