Daktiloskopli ekranga ega Galaxy A60 ham fosh bo‘ldi: flagman sifatli «o‘rtancha botir»!

  •   DiMaX
  •  1425
  •  05.03.2019 09:15

Daktiloskopli ekranga ega Galaxy A60 ham fosh bo‘ldi: flagman sifatli «o‘rtancha botir»!

Samsung kompaniyasining o‘rta narx toifasiga mansub Galaxy A seriyasidagi navbatdagi smartfon Galaxy A60 modeli bo‘ladi. Internetda uning asosiy texnik xususiyatlari aks ettirilgan broshyura surati tarqaldi.

O‘QING: Galaxy A40 kutilganidan arzonroq chiqyapti, xususiyatlari bilan tanishing

Agarda ushbu ma’lumotlar to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, Samsung o‘zining o‘rta narxli va arzon smartfonlarida narxiga nisbatan yuqori xususiyatlar taklif etayotgani yana bir bor tasdiqlanadi. Axir, Galaxy A60 modelining 6,7 dyuymlik Super AMOLED ekrani Full HD+ formatida tasvir uzata olishidan tashqari, unga daktiloskop ham integratsiya qilinyapti!

Broshyuradagi yozuvlarga ko‘ra, Galaxy A60 smartfoni 6-8 GB tezkor va 128 GB ichki xotiraga ega. Uning yana bir kuchli jihati – kamera datchiklaridir: selfi uchun naq 32 megapiksellik sensor ajratilgan! Bosh kameraning asosiy moduli ham 32 megapiksellik, unga qo‘shimcha yana 5 va 8 megapiksellik optik sensorlar bo‘ladi.

Galaxy A60 apparat ta’minoti asosini Snapdragon 675 protsessori tashkil etadi, akkumulyatorining tok sig‘imi esa 4500 mA/soatga teng. Ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung uni apreldayoq rasman namoyish etadi. Kompaniyaning ayrim smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 859 000 so‘mdan boshlangan narxlar evaziga sotib olish mumkin. Jumladan, hozirda mazkur internet-do‘kondan tovar xarid qilsangiz, «Bahor kayfiyati» aksiyasi doirasida yutuqqa ham ega bo‘lishingiz mumkin!

O‘QING: Galaxy S10 flagmani allaqachon Terashop.uz’da! Shu va boshqa Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 28 fevral)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.