Dasturchilar uchun zarur kitoblar to‘plami (ikkinchi qism)

  •   Saroy
  •  4089
  •  19.05.2018 17:38

Dasturchilar uchun zarur kitoblar to‘plami (ikkinchi qism)

Ular  juda ko‘plab mavzularni qamrab olgan va u yoki bu texnologiyalrni o‘rganishni boshlaganingizda eng kerakli qo‘llanma bo‘la oladi.

Sovershenniy kod

Agar siz muvaffaqiyatli dasturchi bo‘lishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, unda bu kitobni albatta, o‘qib  chiqishingiz kerak bo‘ladi. Qanday muhitda ishlashni rejalashtirayapsiz yoki tayyorgarlik darajangiz qanday, muhim emas. Siz yangi dasturchimisiz yoki rahbarmisiz, agar kod yaratish jarayoniga aloqangiz bo‘lsa barcha maslahatlar shu kitobda. 

O‘QING: Veb-saytlar xavfsizlik sistemasining kuchsiz tomonlari haqida 30 hayotiy misol!

Yazik programmirovaniya Si 

«Yazik programmirovaniya Si» ( K&R nomi bilan ham tanilgan). Bu kitob Brayan Kernigan va Dennis Ritchiniki, darvoqe, Dennis Ritchinik Si tilining mualliflaridan biri sanaladi. Kitob Si’ning yaratilishi va ommalashishiga asos bo‘ldi. U hamon til bo‘yicha “klassik” o‘quv qo‘llanmasi sifatida keng foydalaniladi. U uzoq vaqt til standarti bo‘yicha yagona qo‘llanma bo‘lgan.

The Pragmatic Programmer: From Journeyman to Master

Dasturchilik adabiyotining yana bir vakili, sifatli kod yaratish va shartlarining asosiy tamoyillari batafsil bayon qilingan uch yuz betli kitob. Kitob tili juda sodda va qulay, shu bois  uni o‘zlashtirish ko‘p vaqt talab qilmaydi.

Put programmista

Amalda, har bir dasturchi yaratuvchanlikka bo‘lgan muhabbati, ijodidan qanoatlanish tuyg‘ulari kuchli bo‘lganligi tufayli ushbu kasbni tanlagan. Ammo, bu ishning teskari tomoni ham bor: yuqori raqobat, mijozlar, hamkasblar va rahbariyat bilan murakkab munosabatlar, moliyaviy beqarorlik kabi. Muallif Djon Sonmez  kitobda aynan, dasturchilikning qorong‘u tomonlari va ushbu tashvishlar orasida qanday ishlab ketish haqida hikoya qiladi.

O‘QING: Toshkent shahridagi Inha universiteti “Dasturlash soati” aksiyasini o‘tkazadi

Struktura i Interpretatsiya Kompyuternix Programm 

Bu kitobda kod yaratish umumiy tamoyillar darajasida ko‘rib chiqiladi, ya’ni algoritmlarini bayon qiladi, dasturlash muhiti va mashinaning o‘zaro harakatini tushuntiradi va natijada kelgusi kodni optimallashtirish usullari taklif etiladi. Mavzularning umumiyligiga qaramay, kitob tajribali dasturchilar uchun ham, yosh dasturchilar uchun ham muhim o‘quv qo‘llanmasi hisoblanadi.

Algoritmi. Postroyeniye i analiz 

lgoritmlar haqida yana bir jiddiy kitob, 1990 yilda Massachut texnologiyalar institutida nashr etilgan bo‘lib, mualliflari shu yerlik o‘qituvchilardan tashkil topgan. Oddiy va tushunarli tilda yozilganiga qaramay, kitobning kattaligi va materiallarni taqdim etish uslublari tufayli kitobdan ma’lumotnoma sifatida foydalansa bo‘ladi, chunki unda kerakli ma’lumotlar ketma-ketlikda berilgan.

Iskusstvo programmirovaniya 

Tasturlash san’ati — Donald Knutning yirik kitobi. Kitob 4 ta jilddan iborat bo‘lib, har biri kodlarning ma’lum bir turini o‘z ichiga qamrab olgan. Bu kitob hali ham Oliy O‘quv yurtlarida darslik sifatida foydalaniladi. Material murakkab formatda taqdim etiladi, lekin ko‘zlagan maqsadi ham o‘siga xos, ya’ni mavjud algoritmlar haqida batafsil hikoya qilish.

Karera programmista. Kak ustroitsya na rabotu v Google, Microsoft ili druguyu veduщuyu IT-kompaniyu

Kitobning ruscha nomiga e’tibor bermang – originalda u «Cracking the Coding Interview: 189 Programming Interview Questions and Solution», deb nomlanadi. Unda gap yirik IT kompaniyalarda ishga kirayotganingizda suhbat chog‘ida eng ko‘p beriladigan 189 ta savol haqida boradi. Ushbu savollarning javoblari ham berilgan. Nafaqat mashq yo‘li bilan miyangizni pishitishga,  balki Amazon, Apple, Facebook, Google va Microsoft’ lar haqida fikrlashga ham ega bo‘lishga yordam beradi.

Jemchujini programmirovaniya

Dasturlashga qadam qo‘yayotgan odamlar uchun juda zarur qo‘llanma. Bu yerda muallif tushinarli tilda sifatli kodlarni yozishning asosiy bosqichlari haqida bayon qiladi: g‘oyadan so‘nggi testlashgacha.

Release it! Proyektirovaniye i dizayn PO dlya tex, komu ne vse ravno

Kodlar tuzilishining jiddiy va fundamental tamoyillaridan, bevosita dasturiy ta’minotning amaliy qismiga o‘tamiz, aynan yuzabiliti, samaradorlik, keng miqyoslilik, ma’muriylik va bu yog‘i ro‘yxat bo‘yicha davom etadi. Kitobda sizni muaalifning hayotiy tajribalaridan misollar qarshi oladi.  Shuningdek, umumiy manzara va kod yaratish bo‘yicha aniq maslahatlar ham olasiz

O‘QING: 2D GAME KIT orqali o‘z o‘yinlaringizni yarating, dasturlashni bilish shart emas!

Koderi za rabotoy. Razmishleniya o remesle programmista

Kitobda  15 kishi jonli formatda kasbiga bo‘lgan munosabatlari, dasturlashtirishning istiqbollari to‘g‘risida so‘zlab beradi va amaliy maslahatlari bilan o‘rtoqlashadi.

Mificheskiy cheloveko-mesyas

Bu kitob 1975 yil AQShda nashrdan chiqqan bo‘lib, unda dasturiy ta’minotni yaratish bosqichlari, bu borada maslahatlar va muammolari yozilgan bo‘lib, hozir ham dolzarb hisoblanadi. To‘g‘ri bu kitob tajribali dasturchilarni unchalik qiziqtirmasligi mumkin, lekin talabalar o‘qisa ayni muddao bo‘lardi.

Ne zastavlyayte menya dumat

Kitob veb-industriya xodimlari uchun haqiqiy qo‘llanma. Stiv Krugning ushbu kitobi  yangi ishga kelgangan uchun ham, veteranlar va rahbarlar uchun ham ishning samaradorligini va qulayligini  oshirish bo‘yicha kerak.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!