Dasturlashni o‘rganuvchilar uchun onlayn resurslar to‘plami

  •   Saroy
  •  7619
  •  18.05.2018 15:28

Dasturlashni o‘rganuvchilar uchun onlayn resurslar to‘plami

 

Siz dasturlashni o‘rganishga kirishdingiz. Swift haqida eshitganmisiz, Node.js  haqidachi, Ruby nima? Bular haqida hech narsa bilmaysiz, lekin juda muhim atamalar ekaniga aqlingiz yetyapti, shundaymi?

Ushbu takliflarimiz sizga dasturlashni o‘rganish uchun asqotadigan onlayn resurslardir. Ular turli tillardan dasturlash asoslarini o‘rgatadi.  

 

Jiddiy kirishsangiz hademay Python  haqida gaplashadigan bo‘lasiz.

Unda boshladik:

Sololearn

O‘tilgan kursni baholashning reyting tizimi, bu albatta sizni yangi muvaffaqiyatlarga rag‘batlantiradi.  Mazkur  kursda siz Python, C#, Java, Ruby, Swift va boshqa bir qator tillarda dasturlarni o‘rganasiz.

O‘QING: YoZGI TA’TILDAN UNUMLI FOYDALANING: ZAMONAVIY VA DAROMADLI KASBNI O‘RGANING

The Odin Project

Mazkur resurs sizga zamonaviy veb-texnologiyalarni o‘zlashtirib olishga yordam beradi, so‘ngra mukammal va sifatli loyihalarni yarata olasiz. O‘quv kursiga quyidagi tillar kiradi: Ruby (+ freymvork Ruby on Rails), JavaScript va HTML/CSS. Shuningdek, vido seriyasi ham bor,keyin albatta ishga qabul qilinasiz.

Codecademy

Bu sizga Python, JS, PHP, Ruby, HTML va CSS, Java va SQL kabi tillarda dasturlashning bepul kurslarini taklif etadi. Shunga o‘xshash resursarlar  orasida auditoriyasi katta va eng ommaviy sanaladi, Bunga sabab, u har xil kurslardan iborat ekanidir. Masalan, videoma’ruza formatlarida.

Code School

Code School  skrinkastlarni o‘rganish va  Ruby, JavaScript, iOS-ishlanmalar, HTML/CSS haqida hikoya qiladigan videodarslar uchun foydalaniladi. Kontentlarning katta qismi anchayin tajribali dasturchilar uchun mo‘ljallanganiga qaramay, boshlavchalar uchun  dasturlash asoslari haqida bepul kurslar ham mavjud.

O‘QING: IUT bolalar uchun yozgi o‘quv lagerini tashkil qilmoqda

Coursera

Foydalanuvchilarga  taniqli universitetlardan to‘liq bepul onlayn kurslarni taklif etadi. Kurslar videoga yozilgan ma’ruzalardan iborat bo‘lib, ulardan keyiinchalik ham foydalansangiz bo‘ladi. Ustunlik taraflari bisyor: Turli mavzudagi ma’ruzani topa olasiz va istagan vaqtda o‘rgana olasiz.

Bento

Bu resurs StackOverflow dastuurchilari tomonidan yaratilgan va tarmoq orqali  eng yaxshi yo‘riqnomalarni beradi, masalan, video, interaktiv mashg‘ulotlar va o‘qish uchun materiallar. Bento tekin va materiallarni mantiqan ketma-ketlikda uzatadi.

Treehouse

Interaktiv platforma, HTML, CSS, Java, PHP (WordPress), Objective-C, JavaScript va Ruby tillarida yozilgan saytlarni va veb-ilovalarni o‘rgatadi. Materiallarni namoyish etadi va tushuntiradi,testlari esa o‘rganlaringizni mustahkamlashga yordam beradi.

CareerFoundry

Mazkur kurs soha ekspertlari tomonidan yozilgan frontend- va bekend-ishlanmalar haqidagi materiallarni o‘zida jamlagan. Talabalar har kuni mashg‘ulot o‘tishi mumkin. 

Udacity

Udacity  Stenford universitetining Computer fanlari kursi hisoblanadi. O‘qitish videodarslar shaklida o‘tiladi va testlari ham bor, yana uyga vazifa ham olasiz.

HTML5Rocks

Buni Google yaratgan. Turli muammolarni yechishda yordam beradigan tekin darslar to‘plami. Videoda ko‘p hollarda, diagrammalar va yo‘riqnomalar, foydali maslahatlar ham bor.

The Code Player

Mazkur resurs o‘ziga xos vazifalarni hal etish jarayonini namoyish qiladigan  bepul videolar kolleksiyasi hisoblanadi. Ushbu resursning muhimligi shundaki, foydalanuvchilar kod yozish jarayonini kuzatib tura oladi, ulgurmasa kuzatish tezligini o‘zgartirish mumkin.

O‘QING: Toshkent shahridagi Inha universiteti “Dasturlash soati” aksiyasini  o‘tkazadi

Khan Academy

Kodlar yordamida ijod qilishni o‘rganmoqchi bo‘lgan odamlar uchun juda mos keladi. Ushbu bepul platformada ekspertlar tomonidan  turli-tuman mavzuda yaratilgan darslar namoyish qilinadi.

Code Avengers

Bu kurs yaxshi-yu, lekin  video yo‘riqnomasi yo‘qligi yomon.  JavaScript, HTML va CSS tillarini o‘rgatadi. Mazkur sayt yosh dasturchilar uchun yaxshi maydonga aylangan.

Programmr

Bu haqiqatan ham video darslarsiz dasturlash tilini o‘rganish va biror-bir PO’ ni yuklab oladigan brauzer  muhitidir. Umuman, olgan bilimni sinab ko‘rish uchun juda yaxshi joy. Resursda shuningdek turli musobaqalar ham uyushtiriladi.

TryRuby

Ushbu platforma oldingisiga juda o‘xshash,  faqat Ruby ma’ruza tilida. Saytning dizayni yoqimli, o‘qish jarayonini esa hamma tushinadi.

HacketyHack

Bu resurs ham Ruby tilini o‘rganishga mo‘ljallangan. Saytda savollar berish, yaratilgan materiallar bilan o‘rtoqlashish mumkin. 

Hexlet

Dasturlashning turli sohalari bo‘yicha rus tilidagi resurs. O‘qitish dasturi videoma’ruza, testlar va uy vazifalaridan iborat. Boshlavchi dasturchilar uchun ayni muddao. 

O‘QING: Veb-dasturchilar bilan veb-dizaynerlarning farqi nimada?

Codebra

Bu sayt veb-dasturlar bo‘yicha eng ko‘p uqitish kurslariga ega.  HTML+CSS+JS standart to‘plamidan tashqari, PHP, Python, jQuery va Bootstrap bo‘yicha ham dasrlar o‘tish mumkin.

freeCodeCamp

Veb-dasturlashtirishni o‘qitadigan eng yirik  xorijiy resurslardan biri hisoblanadi. O‘qitish bepul, kurs dasturi esa materialga boy.

Lynda

Linkedin dan o‘rgangan bilimingizni sinaydigan maydon, afsuski, pullik bo‘lib, 5 mingdan ziyod turli kurslarga ega. Ammo 10 kunlik bepul urinib ko‘rish davri bor.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!