Dezinfeksiyada kuchli radiatsiyadan foydalanilishi qanchalik to‘g‘ri?

  •   DiMaX
  •  770
  •  31.03.2020 09:00

Dezinfeksiyada kuchli radiatsiyadan foydalanilishi qanchalik to‘g‘ri?

Bugungi kunda aholining to‘g‘ri va xolis axborotga ehtiyoji ortayotgani sir emas. Afsuski, shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus bilan bog‘liq feyk xabarlar tarqalmoqda.

O‘QING: Koronavirus haqida tarmoqlarda soxta axborot tarqatgan qashqadaryolikka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llandi

Shu kunlarda Telegram kanallarda tarqatilayotgan yana bitta xabarning feyk ekanligi haqida yaqinda tashkil etilgan, koronavirus bilan bog‘liq feyk xabarlar haqida ma’lumot beruvchi Antifake.uz kanali ogohlantirgan.

Vahima qilib tarqatilayotgan xabarga ko‘ra, Rossiya koronavirus dezinfeksiyasi uchun kuchli radiatsiya to‘lqinidan foydalanar emish. Shu munosabat bilan mobil telefon va boshqa qurilmalarni o‘chirib qo‘yish kerak mish. Antifake.uz kanali esa bu xabarlar yolg‘on ekanligi va haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, aholi o‘rtasida yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud.

O‘QING: Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan yurtdoshimiz jarimaga tortildi