Dinamikda ham, kamerada ham, xotira va batareyada ham muammo: foydalanuvchilar Google Pixel 3 va 3 XL smartfonlaridan shikoyat qilmoqda

  •   Saroy
  •  513
  •  22.10.2018 12:38

Dinamikda ham, kamerada ham, xotira  va batareyada ham muammo: foydalanuvchilar Google Pixel 3 va 3 XL smartfonlaridan shikoyat qilmoqda

Pixel 3 va 3 XL smartfonlarining savdosiga start berilgandan keyin bir necha kun o‘tgach, Google’ga nisbatan foydalanuvchilar tomonidan shikoyatlar yog‘ila boshladi. Chamasi, yangi «piksellarda» anchagina muammolar paydo bo‘lgan. Ular kamerada ham, batareyada ham bor. Qolaversa, shikoyatlarda dinamik va xotirada ham muammolar mavjudligi ta’kidlanmoqda.

Pixel 3 modelining tezkor xotirasi 4 GB. Lekin u ko‘p vazifalarni bajara olmayapti. Gap shundaki, fon rejimida ko‘pi bilan  uchtagina ilova faolligini saqlab qolmoqda, qolganlarini qaytadan ishga tushirishga to‘g‘ri kelmoqda.

Ayrimlarning fikricha, «piksellar» uchun  4 GB ozlik qiladi, yana bir mumammo Android 9.0 Pie'da paydo bo‘lgan.  Adaptive Battery funksiyasi foydalanilayotgan ilovalarni avtomatik ravishda yopib qo‘yadi.

O‘QING:$49 dollarlik Google smartfonlari Android 8.1 Oreo'da ishlaydi

Old kamera stereodinamiklari bug‘ilgan ovozga ega va yuqori chastotani udda qila olmayapti. Pixel 3 XL’da esa dinamiklarning birida ovoz past darajada chiqadi, boshqasida aksincha, juda baland.  Google’dagilarning ta’kidlashicha, bunga kuchaytirgichda yangi texnologiyaning qo‘llanishi sabab bo‘lgan. Ko‘rinishidan, qurilmalarni ishlab chiqarish jarayonida nimadir noto‘g‘ri ketgan.

Bundan tashqari, kamera o‘zi suratga olgan rasmni saqlay olmayapti va bu ham yetmagandek, u sekin ishlayapti, 3,5 mm bo‘lgan USB Type-C adapteri dam-bodam o‘chib qolmoqda, Google Assistant’ni sozlash chog‘ida  smartfon osilib qoladi, Google Calendar yangiliklarni jo‘natmaydi, ayrim akkumulyatorlar esa quvvatini arang bir soatcha ushlab tura oladi.

Mazkur muammolarning aksariyat qismi dasturiy muammolardir. Shu bois Google  ularni bemalol hal eta oladi, deb umid qilmoqda ekaspertlar.

O‘QING:Google yangi Pixel smartfonlari va boshqa gadjetlari taqdimotiga taklif etmoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!