DIQQAT: yoningizdagi smartfon aqlingizni pasaytiradi!

  •   DiMaX
  •  2067
  •  28.06.2017 15:49

DIQQAT: yoningizdagi smartfon aqlingizni pasaytiradi!

Biz juda ko‘p vaqtimizni elektron qurilmalar bilan o‘tkazamiz, ularga ko‘p e’tibor qaratamiz. Smartfon yonimizda bo‘lmasa, o‘zimizni noqulay sezamiz. Texas universiteti olimlari buning zarari mavjudligini, aniqrog‘i – miyaning kognitiv qobiliyatiga salbiy ta’sir etishini tajribada aniqlashdi. Bu haqda Androidinsider sayti xabar bermoqda.

Olimlar tajriba uchun tasodifiy tarzda kishilarni tanlab olishdi. Ulardan bir guruhi smartfonlarini yonlariga olishdi – stolda ekranini pastga qaratib qo‘yishdi. Ikkinchi guruhdagi sinaluvchilar bo‘lsa smartfonlarini cho‘ntaklariga joylashdi. Uchinchi guruhdagilar esa – boshqa xonaga qo‘yishdi. Olimlar har bir ishtirokchidan telefonini o‘chirib qo‘yishni iltimos qilishdi. Keyin esa diqqat, xotira va masalalarni yechish malakasi bo‘yicha tadqiqotni boshlashdi.

Ma’lum bo‘lishicha, smartfonlarini boshqa xonada qoldirib kelgan guruh a’zolari xotira bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni namoyon etishgan. Telefonni cho‘ntagida olib kirgan kishilarda ularga nisbatan pastroq, yonida qo‘yganlarda esa sezilarli darajada past ko‘rsatkich qayd etilgan.

Olimlar buni shunday izohlashadi: bizning ong osti tuyg‘ularimiz (podsoznaniye) hayotimizda smartfon mavjudligiga judayam o‘rganib qolgan. Garchi diqqatimiz telefonga qaratilmagan bo‘lsa-da, ich-ichimizdan undagi bildirishnomalarni qarab qo‘yish istagi tug‘ilib kelaveradi; miyamiz esa bu hisga qarshi kurashishga ko‘p kuch sarflab qo‘yadi. Agarda bu orada smartfonimiz o‘sha bizga tanish ovozlarni chiqarib qo‘ysa bormi, miyaning ishi yanada chigallashadi. Bu tovushlar miyada, xuddi o‘z ismimizni eshitgan paytimizdagi kabi jaranlarni ishga tushirib yuboradi.

Shunday ekan, sizga ham smartfonga qullikdan qutulish, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarga tobelikdan xalos bo‘lish yo‘llaridan foydalanishni tavsiya etamiz.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!