Dmitriy Medvedev: kiberjinoyatchilik Rossiya iqtisodiyotiga juda katta zarar keltirmoqda

  •   Saroy
  •  315
  •  17.10.2018 11:22

Dmitriy Medvedev: kiberjinoyatchilik Rossiya iqtisodiyotiga juda katta zarar keltirmoqda

Rossiya hukumatining raisi Dmitriy Medvedev «Ochiq innovatsiyalar — 2018» forumining ochilishida so‘zga chiqib, kiberjinoyatchilik muammosi bilan bog‘liq juda katta raqamni tilga oldi. Jinoyatchilarning onlayn-makonidagi faoliyati tufayli Rossiya iqtisodiyoti ko‘rayotgan zarar 600 milliard rublni tashkil etgan, dunyo bo‘yicha esa bu raqam bir trillion dollardan ham ko‘p ekan.

Bosh vazir summani «fantastik darajada» deb atadi. Bu haqiqatan ham jiddiy moliyaviy yo‘qotish hisoblanadi.

O‘QING:Kiberjinoyatchilar 1,3 trillion dollar ishlab olishgan, rossiyalik xakerlar esa alohida masala

Har yili firibgarlar va xakerlarning salbiy ta’siri butun dunyo mamlakatlari, jumladan Rossiya iqtisodiyotida ham yaqqol sezilmoqda. Ko‘rilayotgan zarar miqdori yildan yilga ortmoqda. Shu tufayli forumda 28 ta mamlakat o‘z kuchlarini nafaqat tarmoq kengliklarini himoyalash uchun yangi choralarni topishda birlashtirishi lozim, balki kiberhujumlarga karshi yanada shafqatsiz jazo choralarini qo‘llash mexanizmini ham yaratish kerakligi ta’kidlandi.

O‘QING: Maqsad kriptovalyuta topish: xakerlar hukumat saytlariga ham kirib borishmoqda

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!