Draverik «aqlli» soati: ruchka bilan boshqariladi

  •   Saroy
  •  1365
  •  20.07.2018 16:19

Draverik «aqlli» soati: ruchka bilan boshqariladi

Unchalik katta bo‘lmagan dasturchilar kompaniyasi Draverik “aqlli” soatlarining yangi formati haqida ma’lum qilishdi. Ular “aqlli” funksiyalariga ega oddiy elektron soatlardek ishlaydi, lekin imkoniyatlari maxsus ruchka yordamida yanada kengayishi mumkin. Ruchka qurilmaning komplektiga kiradi.

Ruchkaga maxsus sensorli maydrncha joylashtirilgan. Uning yordamida ro‘yxatlarni varaqlash, matnni o‘qish, menyularni almashtirish, hujjatlar ustida ishlash mumkin. Shu yo‘l bilan dasturchilar soat bilan ishlashni yanada qulay qilmoqchi bo‘lgan, ya’ni barmoqlar soat displeyini yopib qo‘ymasligi uchun. Ixtirochilarning fikricha, bunday soatlar biznesmenlarga va talabalarga ish va o‘qishida juda asqotadi.

O‘QING:Fossil’ning aqlli soatlari: bir yo‘la yettita model

Draverik xuddi boshqa “aqlli” soatlardek ishlayveradi. Smortfonlardan kelgan bildirishnomalarni ko‘rish, qadamlarni sanash va shunga o‘xshash faolliklarni nazorat qilish mumkin. Qolaversa, musiqa qo‘yish va boshqa ko‘plab vazifalarni bajarish mumkin.  Tashqi tomondan u klassik soatlarga o‘xshaydi, unga istalgan standart remenlarni taqish mumkin.

Draverik soatning narxini hali aytishmadi, chunki ixtirochilar o‘z loyihalariga bo‘lgan qiziqish qay daraja bo‘lishini IndieGoGo maydonchasida sinab ko‘rmoqchi bo‘lgan, xolos. Shunday ekan, yangi qurilma sotuvga chiqarilmasligi ham mumkin

O‘QING:Garmin uchuvchilar uchun smart-soatlar seriyasini ishlab chiqardi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!