Drop-test: Mashhur videobloger iPhone XS’ni sindirishga urinib ko‘rdi. Xo‘sh, natijasi-chi?

  •   DiMaX
  •  1835
  •  28.09.2018 16:19

Drop-test: Mashhur videobloger iPhone XS’ni sindirishga urinib ko‘rdi. Xo‘sh, natijasi-chi?

Har gal biror yangi flagman sotuvga chiqqanida, videoblogerlar ularning mustahkamligini sinab ko‘rishadi. Drop-testlar videolarining aksariyati YouTube videoxostingiga joylangan.

O‘QING: EKSKLYuZIV VIDEO: iPhone XS va iPhone XS Max’ning ilk drop-testi!

Smartfonlar drop-testlari, ularning ichini ochib ko‘rishlar yo‘nalishi bo‘yicha eng mashhur videoblogerlardan biri Zak Nelson (Zach Nelson) hisoblanadi. U o‘zining  JerryRigEverything kanalida ko‘plab telefonlarning mustahkamlik testlarni e’lon qilgan.

Apple yangi ayfonlari savdosini boshlagach, Nelson ham ularning birinchi xaridorlari qatoridan joy oldi. U o‘zi sotib olgan iPhone XS mustahkamligini an’anaviy yo‘llar bilan sinab ko‘rib, videosini kanaliga chiqardi.

Ushbu flagmanning drop-testini o‘tkazish uchun u bir vaqtning o‘zida ikkita iPhone XS’ni sinab ko‘rdi – biri g‘ilofli, ikkinchisi esa «yalang‘och» ayfon. Mustahkamligini sinash uchun videobloger ularni uch xil vaziyatda qattiq yerga tashlab ko‘rdi. Smartfonlar bulardan birinchisida tizza balandligidan, ikkinchisida cho‘ntak balandligidan, uchinchisida esa quloq balandligidan yerga tashlab ko‘rildi.

O‘QING: iPhone XS Max yana bir jihatdan rekord o‘rnatdi!

Mana, drop-test videosini o‘zingiz tomosha qiling-da:

Cho‘ntak balandligidan tashlanganida, g‘ilofsiz iPhone XS’ning metall romida kichkina izlar paydo bo‘ldi. Ammo boshqa barcha holatlarda har ikkala smartfon ham butun qoldi – shisha panellari ham, displeyi ham shikastlanmadi. Nelson bunday natijani o‘zi ham kutmaganini e’tirof etdi, lekin baribir, har ehtimolga qarshi smartfonlarni g‘ilof bilan ishlatishni tavsiya qildi.

Aytib o‘tish kerakki,  Apple’ning bir necha modellardagi ayfonlari qatori, bu yilgi flagmanlari ham uyingiz yoki ofisingizdan chiqmasdan turib, internet-do‘konimizdan onlayn tarzda sotib olishingiz mumkin. Bunda o‘zingizga qulay tarzda to‘lov qilishingiz, haqini xaridingiz qo‘lingizga tekkanidan so‘ng to‘lashingiz kabi imkoniyatlar ham mavjud.

O‘QING: XUShXABAR: iPhone Xs hamda iPhone Xs Max endi Terashop.uz’da! Shu va boshqa ayfonlar narxlari bilan tanishing! (2018 yil 24 sentyabr)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!