Dunyodagi eng chidamli smartfon hech kimga keraksiz bo‘lib chiqdi!

  •   DiMaX
  •  4404
  •  01.05.2019 09:48

Dunyodagi eng chidamli smartfon hech kimga keraksiz bo‘lib chiqdi!

Avenir Telecom kompaniyasiga qarashli Energizer brendi shu yil fevralda – MWC 2019 ko‘rgazmasi doirasida naq 26 ta modelda yangi smartfonlar namoyish etgan. Ular orasida 5G tarmog‘ida ishlovchi Power Max P8100S buklama smartfoni ham bor, lekin undan ham qizig‘i boshqasidir...

O‘QING: Energizer rekordchi smartfon taqdim etdi: quvvati naq oltita iPhone XS Max bilan teng!

Kompaniyaning PowerMax P18K Pro (yoki Power Max P18K Pop) smartfoni batareya sig‘imi bo‘yicha rekordchidir. Nomidan ham anglashilib turganidek, bu model naq 18 000 mA/soatlik akkumulyatorga ega.

Avenir Telecom ushbu smartfonning muvaffaqiyatiga o‘zi ham unchalik ishonmaganmi, ishqilib, PowerMax P18K Pro modeli uchun Indiegogo kraudfanding platformasida mablag‘ to‘plashni yo‘lga qo‘ygan edi. Afsuski, avtonomligi borasida yetakchi smartfon ko‘pchilikka umuman kerak emas ekan. Uni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun Indiegogo’da 1,2 million AQSh dollari to‘planishi kerak edi. Buni qarangki, ushbu jamoaviy moliyalashtirish platformasida Energizer’ning bu smartfoni uchun atigi 15 ming dollar yig‘ilgan.

Mohiyatiga ko‘ra, Energizer PowerMax P18K Pro – kuchli batareyaga ega smartfon emas, balki smartfonga ega tashqi akkumulyator, desak ham adashmaymiz. U bitta quvvat bilan bir haftagacha ishlay oladi, yana boshqa qurilmalarni zaryadlashga qodir. Biroq shunga yarasha o‘lchami ham beso‘naqay darajada katta – iPhone X modelidan deyarli uch baravarga qalin.

O‘QING: «Jonli» video: bitta Mate X narxiga uchta buklama 5G-smartfon – Energizer Power Max P8100S olish mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!