Dunyodagi eng mitti o‘yin noutbukini tomosha qilamiz! (+VIDEO)

Dunyodagi eng mitti o‘yin noutbukini tomosha qilamiz! (+VIDEO)

Pol Klinger ismli dasturchi qanday qilib juda kichik bo‘lgan o‘yin noutbukini yaratgani haqida YouTube’ga videorolik joyladi. ThinkTiny deb nomlangan ushbu qurilma bemalol kaftingizga joylashishi mumkin,  Unda afsonaviy “Iloncha”, “Tetris” va boshqa klassik o‘yinlarni o‘ynash mumkin.

 “Kichkintoy” ATtiny1614 nomli mikrokontroller ostida ishlaydi. Unga 128 x 64 piksel aniqligidagi OLED-displey o‘rnatilgan. Think yozuvi tushirilgan korpus – afsonaviy noutbuk lineykasi ThinkPad’ga ishora bo‘lib, u 3D-printer yordamida chop etilgan. Quyidagi videoda jarayonni o‘zingiz tomosha qilishingiz mumkin:

Klinger o‘zi yaratgan ThinkTiny’ni hali beri sotishni rejalashtirmayotgani turgan gap. Biroq, o‘z qo‘llaringizni bilan shunaqa noutbuk yasashni istab qolsangiz, shu yerga bosib, GitHub servisidan g‘oya muallifi ulashgan qurilmaning ochik kodini yuklab olishingiz mumkin. Albatta sizga bunda 3D-printer ham kerak bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi’ning oldingi flagmani kutilmaganda AnTuTu’da rekord o‘rnatdi!