DXX ushlagan dron chegaradan nima olib o‘tayotgan edi?

  •   DiMaX
  •  2566
  •  16.09.2019 10:33

DXX ushlagan dron chegaradan nima olib o‘tayotgan edi?

Kuni kecha Qozog‘istondan dron orqali O‘zbekistonga «Tramadol» nomli psixotrop dori vositasini o‘tkazishga urinish holati qayd etilgan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari axborotiga tayanib Daryo nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Kalashnikov dronlarga qarshi yangi qurolini namoyish etdi (+video)

O‘zbekiston Respublikasida dronlardan foydalanganlik uchun o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etishgacha bo‘lgan jazo turlari belgilangan. Shunga qaramasdan, ba’zilar bilib-bilmay, ayrimlar esa hatto boshqa noqonuniy ishlar uchun ham kvadrokopterlarni yurtimizga olib kirishga, turli maqsadlarda qo‘llashga urinib ko‘rayotganlari haqida ko‘plab xabarlar berganmiz.

Toshkent tumani Oqtosh aholi punktida «Tramadol» psixotrop dori vositasining 600 dona plastinkasi chegaradan o‘tkazilishining oldi olindi. Ta’kidlanishicha, har plastinkada 10 tadan tabletka bo‘lgan.

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlaridan «Daryo»ga ma’lum qilishlaricha, ushbu psixotrop moddalar «Fantom-4» rusumli dron yordamida O‘zbekistonga o‘tkazilgan.

«Hozirgi vaqtda psixotrop vositalarning ushlanishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», — deyiladi DXX tomonidan taqdim etilgan axborotda.

Xabarga ko‘ra, dori vositalari va dron kimga tegishli ekani, gumonlanuvchilar qo‘lga olingan-olinmagani haqida qo‘shimcha axborot berilmagan.

O‘QING: Dronlarni urib tushiruvchi dron-kamikadze yaratildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!