Ed Sheeranning hali chiqarilmagan qo'shiqlarini o'g'irlagan xakerga hukm o'qildi

Ed Sheeranning hali chiqarilmagan qo'shiqlarini o'g'irlagan xakerga hukm o'qildi

Taniqli qo'shiqchi, Ed Sheeranning hali ommaga taqdim qilinmagan ikki qo'shig'ini o'g'irlagan va kriptovalyutaga sotib yuborgan 23 yoshli xakerga qamoq jazosi berildi, deya xabar bermoqda BBC.

Britaniyaning Ipsvich shahrilik xaker, Adrian Kviatkovski qo'lga olinganidan so'ng, uning qattiq diskidan Ed Sheeran, repper Lil Uzi Vert va yana boshqa 90 ga yaqin artistlarning 1263 ta hali chiqarilmagan qo'shiqlari topilgan. U bularni artistlarning raqamli akkauntlariga buzib kirish orqali qo'lga kiritgan. London politsiyasiga ko'ra, Adrian qo'shiqlarni sotish orqali 131 ming funt sterling ishlab topgan.

Ma'lum bo'lishicha, ushbu ish bo'yicha tergov bir necha qo'shiqchilar Nyu-York prokuraturasiga Spirdark nomli kimdir ularning akkauntlarini buzib kirgani va ularning kontentini onlayn sotayotgani haqida xabar berganidan keyin AQSh rasmiylari tomonidan 2019-yilda boshlagan. Tekshiruvlar natijasida Spirdark'ning kriptovalyuta akkauntini ochish uchun qo'llanilgan elektron pochta Adrian Kviatkovskiga tegishli ekani aniqlangan. Shuningdek, akkauntlardan birini buzish uchun foydalanilgan IP adres uning Buyuk Britaniyadagi uy manziliga bog'langanligi ham ma'lum bo'lgan. 2019-yil sentyabrida esa xaker London politsiyasi tomonidan hibsga olingan.

Joriy yilning avgust oyida kelib, Adrian Kviatkovski sudda kompyuter materiallariga ruxsatsiz kirishda uchta, mualliflik huquqi bilan himoyalangan materialni sotishda 14 ta, jinoiy mulkni konvertatsiya qilishda bitta va jinoiy mulkka egalik qilishda ikkita ayblovlarni, shu bilan birga, qo'shiqlarni Bitcoin'ga alishganini tan olgan va buning uchun unga bir yarim yillik qamoq jazosi berilgan.

O'QING: Nokia patent shartlari buzilganligi sabab ikkita kompaniya bilan sudlashmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.