Eksklyuziv: «salkam flagman» Galaxy A8 va A8+ smartfonlarini videoda tomosha qilamiz!

  •   DiMaX
  •  1555
  •  18.12.2017 17:19

Eksklyuziv: «salkam flagman» Galaxy A8 va A8+ smartfonlarini videoda tomosha qilamiz!

Samsung’ning 2018 yilgi Galaxy A8 hamda A8+ modellari taqdimotigacha hali birmuncha fursat bor, ammo ularning xususiyatlari haqida deyarli hamma ma’lumotlar chiqib bo‘lgan. Biroq baribir kunda-kunora ular to‘g‘risida biror qiziqarli xabar uchrab turibdi.

O‘QING: Kutilmagan Galaxy A8 (2018): unga hatto Galaxy S8 va Note 8 egalari ham havas qilishlari tayin!

Jumladan, xitoylik insayder ushbu smartfonlar videotavsifini tayyorlab, internetda tarqatib yuborgan. Unda qurilmalar batafsil tasvirlangan bo‘lib, endi ularning «salkam flagman» xususiyatlariga ega ekanligiga shubha ham qolmagan.

Mana, birgalikda tomosha qilamiz:

Chindan ham, janubiy koreyalik gigantning Galaxy A8 hamda A8+ modellari avval tarqalgan suratlarda aks ettirilganidek ko‘rinishga ega. Faqat bu gal videoning o‘zi ham birmuncha professional darajada suratga olingan.

Shuningdek, yangi devayslarning ayrim texnik xususiyatlari ham tasdiqlangan: Exynos 7885 protsessori, 4 GB tezkor va 32 GB ichki xotira, 3000/3500 mA/soat sig‘imli akkumulyator.

Bulardan tashqari, ikkala model ham yuzni tanish texnologiyasiga ega; bunaqa yechim avval Samsung’ning faqat flagman smartfonlarida uchrar edi. Shu bilan birga, gadjetlarda daktiloskopik skaner ham qoldirilgan – u orqa paneldagi asosiy kamera ostidan o‘rin olgan.

Samsung Galaxy A8 va A8+ smartfonlarining boshqa jihatlari bilan esa oldingi xabar va maqolalarimizda tanishishingiz mumkin.

O‘QING: Samsung bexosdan Galaxy A8 va A8+ sirlarini rasmiy saytida «sotib qo‘ydi»

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!