EKSKLYuZIV VIDEO: hashamdor Galaxy X8 (2018) smartfoni to‘laqonli yuz skaneri bilan dunyoni lol qoldiradi!

  •   DiMaX
  •  2733
  •  27.12.2017 13:46

EKSKLYuZIV VIDEO: hashamdor Galaxy X8 (2018) smartfoni to‘laqonli yuz skaneri bilan dunyoni lol qoldiradi!

2017 yilda Apple korporatsiyasi taqdim etgan qoyilmaqom iPhone X smartfoni betakror, old panelni deyarli butkul qoplab olgan romsiz OLED-ekrani bilan hayratlarga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, bu superflagman inson yuzining 3D-modelini yaratuvchi to‘laqonli yuz skaneri bilan jihozlangan ilk mobil qurilma hamdir. Agarda «olmali» kompaniyaning smartfon, planshet va noutbuklar borasida yangi urflarni boshlab beruvchi ekanini hisobga olsak, 2018 yili boshqa kompaniyalar ham iPhone X uslubidagi smartfonlarini taqdim etishlari turgan gap. Jumladan, shulardan biri kupertinolik korporatsiyaning asosiy raqobatchisi – janubiy koreyalik texnogigantning Samsung Galaxy X8 (2018) modeli bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Huawei P11 nafaqat uch modulli kameraga, balki iPhone X’dagi yana bir «fishka»ga ham ega bo‘ladi

Science and Knowledge nashri jurnalistlari taxminiga ko‘ra, kelasi yili Samsung kompaniyasi iPhone X’dagi ko‘pgina jihatlarni o‘zida jamlagan va hatto undan ham ilgarilab ketgan Galaxy X8 (2018) smartfonini taqdim etishi mumkin.

Bo‘lajak smartfonning render-suratlarini tarqatgan manbaga ko‘ra, Samsung Galaxy X8 (2018) smartfonining romsiz Super AMOLED-ekrani diagonaliga 5,8 dyuymlik kattalikda bo‘ladi. Yuqori qismida Face ID yuz skaneri uchun «o‘yiq» qoldirilgan displeyining tasvir aniqligi esa QHD+ formatida, ya’ni 2960x1080 pikselga teng. Mazkur qurilma 2,8 GGs takt chastotasida ishlovchi, 8 yadroli ilg‘or Qualcomm Snapdragon 845 protsessori bilan jihozlanadi. Unga yana Adreno 630 grafik tezlatgichi, 6 gigabaytlik tezkor hamda 64 gigabaytlik doimiy xotira o‘rnatiladi. 19 megapiksellik qo‘shaloq asosiy kamerasi, 16 megapikselli old kamerasi hamda ikkinchi avlod USB Type-C porti ham bu devaysning ilg‘or jihatlari qatoridadir.

Samsung Galaxy X8 (2018) korpusi hozirgacha bozorga taqdim etilganlari orasida eng mustahkami bo‘lmish Corning Gorilla Glass 5 shishasidan yasaladi. Gadjetning muhim xususiyatlaridan biri – unda Synaptics taqdim etgan barmoq izi skaneri ekranning o‘ziga joylanadi.

O‘QING: Barmoq izi skaneri ekranning o‘ziga joylangan ilk smartfon taqdimotiga atigi bir oy qoldi!

Shuningdek, eng qiziqarli «fishka»laridan yana biri iPhone X superflagmanidagi Face ID analogi – to‘laqonli yuz skaneri bo‘ladi. 2018 yilning ikkinchi yarmida taqdim etilishi taxmin qilinayotgan Galaxy X8 (2018) orqa panelida ob’yektivlari yonma-yon joylashgan asosiy kamera o‘rin oladi.

Texnik ta’minotiga kelsak, bu smartfon Wi-Fi 802.11ad (yangi standart), Bluetooth 5.0, NFC, FM-radio va albatta 4G VoLTE modullariga ega. Korpusi IP68 standarti bo‘yicha chang va suvdan himoyalangan bo‘lib, ikki metrgacha chuqurlikdagi suv ostida bir soatgacha ziyonsiz qola biladi.

Mana, ehtimoliy smartfonni videoda tomosha qilamiz:

Ko‘rinib turibdiki, agarda chindan ham shu ko‘rinishdagi va yuqoridagidek tavsiflarga mos Samsung Galaxy X8 (2018) bozorga chiqsa, butun dunyoni lol qoldirishi aniq. Hozircha esa bular shunchaki konsept maqomida bo‘lib, dizaynerlarning fantaziyasi, xolos.

Lekin bir zamonlar simsiz telefonning o‘zi ham shunchaki bir fantaziya bo‘lgan-ku, to‘g‘rimi? Tugmachasiz telefon chiqarilganida esa, hatto texnologik kompaniyalar ham uning ustidan kulishgan...

O‘QING: Ilk iPhone'ni raqiblar qanday mayna qilgani va yo‘qlikka ravona bo‘lishgani haqida

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!