EKSKLYuZIV: Xiaomi Mi Mix 2S bugundan Asaxiy.uz’da sotuvga chiqyapti! Narxi va xarid shartlari bilan tanishing

  •   DiMaX
  •  6757
  •  07.06.2018 10:30

EKSKLYuZIV: Xiaomi Mi Mix 2S bugundan Asaxiy.uz’da sotuvga chiqyapti! Narxi va xarid shartlari bilan tanishing

Xabaringiz bor – «xitoycha Apple»ning Mi Mix 2S modeli hozir dunyo bozorida eng ilg‘or smartfonlardan biridir. Ammo shu paytgacha u O‘zbekiston bozorlariga yetib kelmagan edi.

O‘QING: Xiaomi Mi Mix 2S flagmani taqdim qilindi

Bugun esa sizga bir xushxabarni yetkazishga shoshilmoqdamiz – hamkorimiz Asaxiy.uz onlayn do‘koni O‘zbekiston bozorida birinchi bo‘lib Xiaomi Mi Mix 2S flagmanini rasman sotib olishni taklif etmoqda!

Asaxiy.uz internet-do‘konda Xiaomi Mi Mix 2S savdosi bugun – 7 iyun kuni, soat 14:30 dan boshlanadi. Mazkur hamkorimiz bundan boshqa modellardagi Xiaomi smartfonlarini ham rasman savdoga qo‘ygan. Yaqindan buyon chegirma bilan sotilayotgan mazkur qurilmalarning barchasiga bir yillik muddatli rasmiy kafolat beriladi.

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, Asaxiy.uz onlayn do‘konidan ushbu devayslarni naqd puldan tashqari plastik kartocha orqali ham, onlayn to‘lov vositalari yordamida ham ayni shu narxlarga xarid qila olasiz va bunda narxlar o‘zgarmaydi. Shuningdek, hamkorlarimiz xaridingizni butun O‘zbekiston bo‘yicha BEPUL yetkazib berish xizmatini ham yo‘lga qo‘yishgan. Buning uchun ish vaqtlarida, ya’ni soat 09:00 dan 19:00 gacha +998 (71) 200-01-05 raqamiga qo‘ng‘iroq qilsangiz kifoya!

O‘QING: Mi MIX 2S Rossiyada ancha arzon sotuvga chiqdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!