Ekspertlar Apple’ning “qotili”ni aytishdi

Ekspertlar Apple’ning “qotili”ni aytishdi

Amerikalik bir guruh axborot-kommunikatsiya texnologiyalari tahlilchilari Xiaomi va Apple IT kompaniyalarining rivojlanish strategiyalari tahliliga asosan, ularning istiqbollarini bashorat qildilar.

Natijalarga ko‘ra, xitoylik brend, rivojlanish ko‘rsatkichlariga ko‘ra Apple’ning muvaffaqiyatini takrorlayotgan Xiaomi tez orada jahonning birinchi raqamli IT ishlab chiqaruvchisiga aylanib, raqiblarining inqirozga yuz tutishiga sababchi bo‘ladi. Tahlilda qayd etilishicha, Xiaomi mahsulotlarini deyarli tannarxida sotmoqda va bu unga amerikalik ashaddiy raqibi bo‘lmish Apple ustidan g‘alaba qozonishining bosh omili bo‘ladi.

Tahlilchilar xitoylik ishlab chiqaruvchining yana bir siyosatini e’tirof etishmoqda: Xitoyda Google xizmatlaridan voz kechilgan bo‘lib, Xiaomi yaqin yillar ichida ilovalar savdosidan katta foyda ko‘ra boshlaydi. Xiaomi’ning aytishicha, kompaniya Apple’dan farqli ravishda, Android qurilmalari orasida eng yaxshi bo‘lgan MIUI mobil tizimini har hafta yangilaydi.

Ekspertlarning fikricha, Apple gadjetlari yildan yilga qimmatlashsa ham, ammo texnik jihatdan deyarli o‘zgarishsiz qolmoqda. Xiaomi esa bundan foydalanib, sifatli gadjetlari bilan jahon bozorini jadal zabt etmoqda. Ayfonning qimmatlashuvi shu taxlit davom etsa, xaridorlar yaqin orada bitta ayfon puliga 4 ta xitoylik brendning smartfonidan olishlari mumkin bo‘ladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!