Ellikka yaqin Huawei smartfoni EMUI 9.1’gacha yangilanyapti!

  •   DiMaX
  •  843
  •  23.04.2019 10:01

Ellikka yaqin Huawei smartfoni EMUI 9.1’gacha yangilanyapti!

Xitoylik texnogigant yaqinda P30 va P30 Pro flagmanlari bilan birga namoyish etgan EMUI grafik qobig‘ining yangi versiyasini tarqatilish rejalari bilan bo‘lishdi.  Deyarli 50 ta qurilma yangilangan foydalanuvchi interfeysi va funksiyalari, yanada yuqori samaradorlik va tezkor ishlash prinsipiga ega bo‘ladi.

O‘QING: Apple bilan Qualcomm o‘zaro yarashib, Intel va Huawei’ni «o‘yindan chiqarishdi»

Huawei 49 ta smartfon va planshetini EMUI 9.1 gacha yangilamoqda. Birinchi apdeytga Mate 20 lineykasidagi qurilmalar ega bo‘ladi: Mate 20, Mate 20 Pro, Mate 20X va Mate 20 Porsche Design. Ushbu modellarga allaqachon grafik qobiqning beta-versiyasini o‘rnatib olish mumkin.

Mate 10, Mate 9, P20, P10 lineykalari, shuningdek, Nova 4, Nova 3, Nova 3i, Nova 2s, Honor 8A, Honor 8X, Honor 7, Honor 10, Honor V10, Honor Note 10, Honor 9, Honor V9 va Honor Play smartfonlari uchun kompaniyaning o‘zida yopiq testlar o‘tkazilmoqda.

Yangilanishlar uchun navbatda keyingi bo‘lib nova 4e, nova 3e, Enjoy 9 Plus, Enjoy 8 Plus, Enjoy 9s, Enjoy 7s, Enjoy 9e, Honor 9 Lite, Honor 8X Max, Honor 20i, Honor 9i, Honor 7X va boshqalar turibdi. Shuningdek, proshivkani bir qator planshetlar uchun ham o‘rnatish mumkin bo‘ladi: MediaPad M5 Lite (10,1 dyumlik) MediaPad M5 Lite (8 dyumlik), MediaPad M5 (10.8 dyumlik), MediaPad M5 Pro (8.4 dyumlik), Honor Tab 5 va boshqalar.

EMUI 9.1 yangi ikonkalarga ega qayta ishlangan interfeys va o‘zgartirilgan oldindan o‘rnatilgan ilovalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, grafik qobiq Android ish samaradorligini 24 foizga oshirish, tizimning javob berishini 44 foizga va tashqi ilovalarning sezgirligini 60 foizga oshirish imkonini beruvchi  Ark Compiler texnologiyasini qo‘llab quvvatlaydi.  EMUI 9.1’ga  ma’lumotlarni o‘qish tezligini oshiruvchi va qurilmaning tezkor ishlashini ta’minlovchi  yangi – EROFS (Extended Read-Only File System) fayllar tizimi o‘rnatilgan. Yana bir yangiliklardan biri – noutbuklariga tezkor ma’lumot uzatish bo‘lgan.

O‘QING: Google va Huawei bu smartfon egalarining har biriga 400 dollardan to‘laydi!