Emoji Maker – brauzeringizda emodzi yasash servisi

  •   DiMaX
  •  1068
  •  30.11.2019 11:56

Emoji Maker – brauzeringizda emodzi yasash servisi

Messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar erasida foydalanuvchilar chatlarda smaylik, stiker va emodzilardan faol foydalanishmoqda. Turli ilovalarning o‘zlaridagi emodzilardan tashqari, ularni o‘zingiz yasashingizni taklif etuvchi servislar ham mavjud.

O‘QING: Galaxy S9’ning to‘qqizta ustunligi: 9. AR Emoji funksiyasi (+video)

Shimoliy Afrikalik dasturchi Imed Adel esa soddagina onlayn emodzi muharririni yaratdi. Emoji Maker deb nomlanuvchi ushbu saytga mana bu havola orqali o‘tishingiz va bir necha soniyadayoq ko‘ngildagidek, betakror emodzi yasashingiz mumkin.

Emoji Maker o‘ta sodda interfeysga ega: smaylik asosini tanlaysiz va kerakli (ko‘zlar, og‘iz, qo‘lga o‘xshash qo‘shimcha elementlar va emotsiyalar kabi) detallarni qo‘shasiz. Ularning keng assortimentidan foydalanib, uzoq vaqtgacha istalgan shakllardagi emodzilar yasashingiz mumkin. Agar joningizga tegsa – shunchaki randomayzer (savatcha yonidagi ko‘k) tugmachasini bosib, tasodifiy emodzi chiqarsangiz ham bo‘laveradi.

Tayyor bo‘lgan emodzini do‘stlaringizga stiker tarzida yuborish, smartfon yoki kompyuterda saqlab qo‘yish kabi imkoniyatlar mavjud. Ularni PNG va SVG formatlariga eksportlash ham mumkin – bulardan ikkinchisida kartinkaga keyinchalik ham o‘zgarishlar kirita olasiz.

O‘QING: Telegram’dagi stikerlarni WhatsApp’ga ham qo‘shamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.