Endi Android qurilmangizda qo'ng'iroqlarni yozib ololmaysiz

Endi Android qurilmangizda qo'ng'iroqlarni yozib ololmaysiz

Android operatsion tizimi yoki unga asoslangan OneUI, MIUI, ColorOS qobiqlari o'zlarining telefon ilovalarida ichki o'rnatilgan qo'ng'iroqlarni yozib olish xususiyatiga ega, ammo ular ayrim mamlakatlar qonunlari sabab hamma smartfonlarda ham mavjud emas. Shunday ekan, foydalanuvchi qaysi brend smartfonini ishlatmasin agar unda qo'ng'iroqlarni yozib olish funksiyasi mavjud bo'lmasa unda u Google Play Store'dan o'ziga yoqqan uchinchi tomon qo'ng'iroqlarni yozib olish ilovalarini o'rnatib olishi mumkin, edi. Endilikda Google o'zining ilovalar do'koni siyosatiga o'zgartirishlar kiritmoqda va kelayotgan 11-maydan boshlab kompaniya barcha uchinchi tomon qo'ng'iroqlarni yozib olish ilovalarini butunlay bloklaydi.

Ilk marotaba Google xavfsizlik va maxfiylik sabab Android versiyasi 6.0 dan boshlab qo'ng'iroqlarni yozib olish uchun rasmiy API'ni dasturchilar o'zlarining ilovalarida qo'llamasliklari uchun yopib qo'ygan edi. Undan keyin ham, garchi kompaniya Android 9.0 da bir necha aylanma yo'llarni va Android 10 versiyasida esa mikrofon orqali qo'ng'iroqlarni yozib olishni ham to'sib qo'yishiga qaramay, dasturchilar Android'ning Accessibility xizmatlari orqali o'z ilovalarida qo'ng'iroqlarni yozib olishni taqdim qilishayotgan edi. Ana endi Google o'zining Accessibility API'i qo'ng'iroqlarni yozib olish uchun mo'ljallanmaganligini va uning uchun talab qilinmasligi kerakligini ma'lum qildi va bu Play Store do'konidagi qo'ng'iroqlarni yozib olish ilovalar uchun so'nggi manzil bo'ladi.

Ma'lum qilinishicha, yangi qoidalar faqat uchinchi tomon ilovalari uchun amal qiladi va yuqorida aytib o'tilgan Samsung, Pixel, Xiaomi va Oppo smartfonlarinikidek ichki o'rnatilgan qo'ng'iroqlarni yozish xususiyatlari bundan mustasno.

O‘QING: Netflix yaqin o'n yilda bunchalik ko'p obunachi yo'qotmagan

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!