Endi davlat xizmatlaridan telefon orqali ham bahramand bo‘lasiz!

  •   DiMaX
  •  1040
  •  19.02.2019 16:03

Endi davlat xizmatlaridan telefon orqali ham bahramand bo‘lasiz!

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning kuni kecha e’lon qilingan «Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida»gi qarori bilan davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida qator yangiliklar joriy etilmoqda. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

O‘QING: Davlat xizmatlari agentligi ochiq ma’lumotlar platformasini ishga tushirdi

Jumladan, endilikda davlat xizmatlari eksterritoriallik tamoyili bo‘yicha yo‘lga qo‘yiladi.

Elektron davlat xizmatlaridan foydalanish kengaytiriladi.

20 dan ortiq davlat organlari tegishli qog‘oz ko‘rinishidagi ma’lumotnoma va hujjatlarni «Elektron hukumat» tizimiga integratsiya qiladi. Fuqarolar zarur bo‘lgan hujjatni elektron tizim orqali oladi.

2019 yil 1 avgustdan boshlab davlat xizmatlari ko‘rsatishda davlat organlari tomonidan fuqarolardan pensiya daftarchasi, soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma, soliq to‘lovchining hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida guvohnoma, to‘langan daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risida ma’lumotnomalar talab qilinishi taqiqlanadi.

2019 yil 1 apreldan boshlab tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ayrim ruxsat berish bilan bog‘liq tartib-taomillar bekor qilinadi.

Davlat xizmatlari agentligi endi faqat xizmat ko‘rsatuvchi emas, nazorat qiluvchi hamdir.

Pulli ekspress-xizmatlar ko‘rsatish joriy etiladi.

«Call service» orqali aholi uchun dolzarb bo‘lgan ayrim sodda xizmatlarni telefon orqali ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.

Bu yangiliklar nima uchun joriy etilmoqda? Ularning qulayligi va afzalligi nimada? Yangi xizmatlarni ko‘rsatish tartibi qanday?

Shu kabi savollarga yaqin orada mutaxassislar javoblari e’lon qilinadi, deyiladi xabarda.

O‘QING: 1 martdan telekommunikatsiya xizmatlari narxlari o‘zgarmoqda!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.