Endi do‘kon rastalariga: Huawei Mate 20 va Mate 20 Pro sertifikatsiyadan o‘tdi

  •   Saroy
  •  1533
  •  24.08.2018 14:54

Endi do‘kon rastalariga: Huawei Mate 20 va Mate 20 Pro sertifikatsiyadan o‘tdi

Huawei o‘z qurilmalarini Android P gacha yangilash borasida ma’lum qilganida, Mate seriyasi haqida batafsil to‘xtalmagandi. Endi biz nafaqat Mate 9’ning yangi tizimda yangilanishini, balki Mate 20 flagman lineykasining ham  Android Pie bilan ta’minlanishi haqida bilamiz.

O‘QING:AQShda davlat tuzilmalariga Huawei va ZTE mahsulotlaridan foydalanish taqiqlandi

Bu haqda Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (EIK) xabar qildi. Xabarda aytilishicha, mazkur tashkilot kuni kecha Huawei Mate 20 Pro va Huawei Mate 20’ni Android 9.0 Pie bilan sertifikatsiyadan o‘tkazdi (qurilmalar tegishlicha, LYA-L29 va  HMA-L29 kod raqamlari bilan qayd etilgan). Huawei Mate 20 Lite esa (u ham YeIK tomonidan sertifikatlanishi lozim) test sinovida  8.1 Oreo bilan namoyon bo‘ldi va ishga tushirilayotganda  Pie bilan ta’minlanmasligi mumkin.

Yaqinda, tarmoqlarda  Huawei Mate 20 smartfonining tasviri va tavsifi paydo bo‘ldi, deb yozgan edik. Chamasi, Kirin 980 protsessori bilan ta’minlanishi kutilayotgan smartfon 7 nanometrli chipset bilan jihozlangan va bu yil sotuvga chiqarilgan ilk qurilma bo‘ladi. Darvoqe, A12 chipi bilan jihozlangan iPhone 2018 ham  birinchilikka da’vo qilmoqda. Kim g‘olib bo‘ladi, buni vaqt ko‘rsatadi.

O‘QING:Qoyilmaqom Huawei P20 va P20 Pro flagmanlarini rasmiy videolarda tomosha qiling