Endi Microsoft yetakchi! Kompaniya kapitalizatsiyasi 1 trillion dollardan oshdi

Endi Microsoft yetakchi! Kompaniya kapitalizatsiyasi 1 trillion dollardan oshdi

O‘tgan yilning yozida Apple kompaniyasi dunyoda birinchi bo‘lib 1 trillion dollar bozor kapitalizatsiyasi ko‘rsatkichini zabt etgandi. To‘g‘ri, keyinchalik kompaniya kapitalizatsiyasi pasayib ketib, bozorning boshqa yirik o‘yinchilari uni quvib o‘tdi. Ammo so‘ngi holatda bozorning to‘rt yetakchisi – Apple, Microsoft, Amazon, Alphabet kapitalizatsiyasi 900 milliard dollardan kamayib ketdi.

Ayni damda trillion poygasining yangi bosqichi boshlangan. Ushbu poygada Microsoft g‘olib bo‘ldi. Kompaniya sezilarli ravishda daraomadlari oshganligi haqidagi moliyaviy hisobotlarni e’lon qilganidan so‘ng, aksiyalari narxi sezilarli ravishda o‘sishga erishdi.

Kompaniya narxi, aksiyalari 125 dollar kursida bo‘lgan vaqtda 960 milliard dollarni tashkil qildi. Hozir qimmatli qog‘ozlar 129-130 dollarni tashkil qilib, Microsoft kapitalizatsiyasi 1 trillion dollardan oshib ketdi. Bu ko‘rsatkich kompaniyaning Apple va Amazon’dan keyin uchinchi bo‘lib trillionlik dovondan oshib o‘tishiga sabab bo‘ldi. Qolaversa, hozirda aynan Microsoft bozorda eng ko‘p kapitalizatsiyaga ega bo‘lib turibdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!