Endi shiddatli internet va uy telefoni – ikkitasi bittada!

  •   DiMaX
  •  3258
  •  24.06.2020 16:35

Endi shiddatli internet va uy telefoni – ikkitasi bittada!

«O‘zbektelekom» shu yilning 22 iyunidan jismoniy shaxslar uchun internet xizmatlari narxlariga o‘zgartirishlar kiritdi. «UNLIM» seriyasining cheksiz tariflari yangilanmoqda, deyiladi UZTELECOM rasmiy xabarida.

O‘QING: «O‘zbektelekom» yanada qulay va arzon tariflarini taklif etmoqda

Tezlik oshirilib, narxlar pasaytirilmoqda, eng asosiysi, O‘zbekistonda ilk marotaba uy telefoni (IP-telefoniya) bonus tariqasida internet bilan birga taqdim etiladi. Shuningdek, yozgi tunlar peshinga qadar yanada shiddatli tus oladi.

Raqamli iqtisodiyot oddiy fuqarolar uchun yanada qulayroq bo‘lishi uchun xizmatlarning yuqori darajadagi integratsiyasi bilan tavsiflanadi. Oddiy abonent uchun ham internet, ham uy telefoni uchun alohida-alohida to‘lov qilinishi ham tushunarsiz, ham noqulay. Ayniqsa, internet va IP-telefoniya bir optik kabel orqali ulangan bo‘lsa... Abonentlarga qulaylik yaratish maqsadida, GPON va FTTB texnologiyasi bo‘yicha ulangan abonentlar uchun «UNLIM» seriyasi tarif rejalariga IP-telefoniya xizmatini o‘zaro birlashtirdik. Natijada, tarif reja doirasida bir telefon raqamini ulash mumkin va IP-telefoniya xizmati uchun ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi olinmaydi.

Bundan tashqari, IP-telefoniya xizmati bo‘yicha tanlangan tarif rejasidan qat’iy nazar, 180 daqiqagacha O‘zbekiston bo‘ylab chiquvchi qo‘ng‘iroqlar limiti taqdim etilishi mumkin, «UNLIM 10 Premium» tarifida esa butun Respublika bo‘ylab hatto cheksiz qo‘ng‘iroqlar taqdim etiladi.

Optika barchasiga qodir!

O‘QING: «O‘zbektelekom» ogohlantiradi: «Respublikamizning yettita hududida mana shu kunlari aloqada uzilishlar bo‘lishi mumkin»

Yangilangan UNLIM tarif rejalar seriyasi, ayniqsa, GPON texnologiyasi bo‘yicha ulangan abonentlar uchun ajoyib hamyonbop taklif. Misol uchun «UNLIM-10» tarif rejasi kunduzi tezlik 10 Mbit/s ni tashkil etsa, tunda (00:00-12:00) esa tezlik 200 Mbit/s gacha oshadi. Shuningdek, eng ajablanarli tomoni shundaki, ushbu tarif rejasi narxiga IP-telefoniya xizmati ham kiritilgan!!! Bu esa abonentlarimiz uchun ajoyib bonus demakdir.

Bu hali hammasi emas! Ushbu yangilanishlar «TURBO» va «TURBO NIGHT» xizmatlaridan foydalanuvchi abonentlarni ham chetlab o‘tgani yo‘q. Endilikda, mazkur xizmatlar yanada tezkor va hamyonbop. Batafsil ma’lumot bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Shuningdek, cheklangan hajmdagi trafikka ega «RUN 3», «RUN 4», «RUN 5» Internet xizmatlari tarif rejalari arxiv rejalar ro‘yxatiga kiritilmoqda va yangi ulanishlar uchun bu tariflar endilikda mavjud emas.

«UNLIM» tarif rejalari seriyasida «oliy toifadagi» juda ham hashamatli o‘zgarishlar ham mavjud. Ammo, bu haqda alohida to‘xtalib o‘tamiz.

UZTELECOM kompaniyasi 2020 yilning yoz mavsumi abonentlarimiz uchun yuqori tezlikda, cheksiz va uy telefoniga so‘zlashuvlar uchun ajratilgan daqiqalar bilan maroqli o‘tishini ta’minlab beradi!

Eslatma: O‘zida IP-telefoniya xizmatini mujassam qilgan UNLIM seriyasi tarif rejalariga ulanish uchun yoki boshqa tariflardan o‘tish uchun UZTELECOM sotuv va xizmat ko‘rsatish ofislariga murojaat qilishingiz zarur.

O‘QING: OGOH BO‘LING: pandemiya pallasida mobil firibgarlik!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.