Endi yangicha versiyasi: BlackBerry Evolve va Evolve X kriptohamyoni bilan chiqadi

  •   Saroy
  •  453
  •  08.10.2018 16:22

Endi yangicha versiyasi: BlackBerry Evolve va Evolve X kriptohamyoni bilan chiqadi

Shu yil yozda Hindistonning Optiemus Infracom’i BlackBerry Evolve va Evolve X smartfonlarini chiqardi, ammo shu bilan ishlar nihoyasiga yetgani yo‘q. Kompaniya qurilmaning kriptovalyutani saqlaydigan xavfsiz hamyonli nusxasini cheklangan miqdorda chiqarishni rejalashtirmoqda.

Smartfonlarning maxsus versiyasi yaqin kunlarda chiqadi, deb ma’lum qildi mashhur insayder Evan Blass (@evleaks). 10 oktyabrda Hindistonda BlackBerry Evolve smartfonining savdosi start oladi. Qurilmani chiqarish bahonasida Optiemus mazkur model bo‘yicha rejalarini batafsilroq so‘zlab berar, hozircha esa uning HTC va Sirin Labs blokcheyn-smartfonlari bilan raqobatlashishi ma’lum bo‘ldi.

O‘QING:BlackBerry Ghost kuchli batareya bilan ta’minlandi

Yaqinda kanadaliklar BlackBerry Spark tarkibida sog‘liqni saqlash sohasi uchun blokcheyn-platforma chiqardi, ammo muhandislar smartfonlar uchun kriptohamyon texnologiyasini ham bemalol ishlab chiqarishi mumkin. Shuni ham hisobdan chiqarmaslik kerakki, bu Optiemus’ning o‘z tashabbusi bo‘lishi ham mumkin.

Qurilmaning narxi haqida ma’lumot yo‘q. BlackBerry Evolve standart variantda taxminan 340 dollar turadi, yanada takomillashgan  Evolve X esa 500 dollar bahosida savdo rastalarida paydo bo‘lishi mumkin.

O‘QING:BlackBerry Key2’ning ustun jihatlari oshkor bo‘ldi, narxi ham

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!