Endi yaqinlaringizni o‘z megabaytlaringiz bilan «Qo‘llab yubor»a olasiz

  •   DiMaX
  •  46362
  •  12.03.2020 18:07

Endi yaqinlaringizni o‘z megabaytlaringiz bilan «Qo‘llab yubor»a olasiz

«O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasiga qarashli UZMOBILE milliy operatori o‘z abonentlari uchun yangi xizmatni ishga tushirdi. «Qo‘llab yubor» nomli ushbu xizmat bilan o‘z hisobingizdagi internet-trafikni yaqinlaringiz va do‘stlaringiz hisobiga o‘tkazishingiz mumkin, deyiladi Uztelecom rasmiy saytidagi xabarda.

O‘QING: «O‘zbektelekom» mobil aloqa va internetni misli ko‘rilmagan yuksaklikka ko‘tardi!

Sizda esa internet-trafik yetarli miqdorda bo‘lsa-yu, ammo do‘stlaringiz yoki oila a’zolaringizdan biri o‘z megabayt limitidan foydalanib bo‘lgan bo‘lsa, nima qilish kerak? Endilikda, Siz o‘z megabaytlaringizni oson va foydali tarzda unga ehtiyoji bo‘lgan do‘st va yaqinlaringizga o‘tkazib berishingiz mumkin! UZMOBILE’ning yangi – «Qo‘llab yubor» xizmati bilan ularga kerakli bo‘lgan trafikni ulashing va ularni onlayn-hayotga qaytarib, o‘z yaqinlaringizni qo‘llab-quvvatlang.

Ushbu xizmatdan ikki xil – SMS-xabar hamda USSD-so‘rov usullaridan biri orqali foydalanish mumkin:

  1. Smartfoningizda 122 raqamiga quyidagi matnli SMS-xabar jo‘natasiz: <99XXXXXXX formatidagi qabul qiluvchining raqami>bo‘shliq(probel)<юбориладиган мегабайт ҳажми>.
  2. Smartfoningizda *122*99XXXXXXX*trafik# ko‘rinishida USSD-so‘rov terib, chaqiruv tugmachasini bosasiz; bu yerda 99XXXXXXX – qabul qiluvchining raqami, trafik – o‘tkaziladigan megabayt hajmi.

«Qo‘llab yubor» xizmatining shartlari bilan batafsil tanishish uchun mana bu havola orqali uning sahifasiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Operator bilan tezkor bog‘lanish sirlarini bilasizmi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!