Endi zerikarli gudok eshitish o‘rniga «Videogudok» tomosha qilasiz!

  •   DiMaX
  •  2375
  •  19.09.2020 08:51

Endi zerikarli gudok eshitish o‘rniga «Videogudok» tomosha qilasiz!

Ucell aloqa operatori yaqinda «Bonuslar mavsumi» aksiyasini e’lon qilgan edi. Uning doirasida teppa-tekinga 1 gigabayt internet, O‘zbekiston bo‘yicha muloqot uchun mingta daqiqa va mingta SMS olish mumkin!

O‘QING: Oylik internet-to‘plamlar yangilandi – eski narxda 5 karra ko‘p trafik!

Endi mazkur kompaniya o‘z abonentlari uchun yangi – «Videogudok» xizmatini ishga tushirganini e’lon qildi. «Videogudok» (Video Ring Back Tone – VRBT) xizmati – bu innovatsion ko‘ngilochar servis bo‘lib, unda har qo‘ng‘iroqda chaqiruvchi tomon zerikarli gudok o‘rniga o‘z smartfoni ekranida chaqiriluvchi tomon o‘rnatgan videoroliklar tomoshasidan bahra olishi mumkin bo‘ladi.

«Videogudok» xizmatiga obuna bo‘lgan har bir abonent Android operatsion tizimli smartfonlarga ilovani havolasi bo‘yicha o‘rnatib olishi va uni faollashtirishi mumkin. Abonentlar video yuklashni ilova orqali boshqarishlari: barcha yoki ma’lum bir abonentlar uchun gudokka video o‘rnatishlari mumkin.

Juda tez orada yana quyidagi funksiyalar ham ishga tushadi: kontaktlarni «oq ro‘yxat»ga qo‘shish, kontaktlarni «qora ro‘yxat»ga qo‘shish orqali bloklash, videogudokni muayyan vaqt va kunga o‘rnatish, yuklashlar tarixini ko‘rish, videoni tahrirlash, xizmatga obuna bo‘lgan va ilovani o‘rnatgan boshqa abonentga videoni hadya etish. Gudokka videoni o‘z galereyasidan ham, ilovada taklif etilgan turli saytlar (masalan, YouTube va h.k.) videokontentidan ham yuklash mumkin. Chaqiruv paytida videoni ovozsiz rejimga qo‘yish imkoni ham bor. Shuningdek, qo‘ng‘iroq vaqtida chaqiruvchi tomon videoni ko‘chirib olishi ham mumkin.

O‘QING: Internetda video ko‘rganda qancha megabaytingiz sarflanishini bilasizmi?

«Videogudok» xizmati Prepaid va Postpaid tizimlari abonentlari uchun ishlab chiqilgan. Videogudokni tomosha qilish uchun har ikkala abonent xizmatga obuna bo‘lishlari, ilovani o‘rnatishlari va internetga ulangan bo‘lishlari lozim.

Mazkur xizmat kunlik obuna asosida amalga oshiriladi. Xizmatni ulatish uchun abonentlar istalgan bir (o‘chirish uchun belgilangan «STOP», «СТОП» kalit so‘zlaridan tashqari) so‘zni xizmatning 8090 qisqa raqamiga SMS-xabar orqali yuborishlari lozim. Faollashtirish so‘roviga javoban abonentga ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi, shuningdek xizmat haqida, uning narxi va obunani bekor qilish shartlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot beruvchi SMS-bildirishnoma keladi.

Birinchi ulanishda barcha abonentlar xizmatdan 3 (uch) kun bepul foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar. Keyingi kunlari kunlik obuna asosida abonent hisobidan har kuni 842 so‘m miqdorida abonent to‘lovi yechiladi. Obuna uchun to‘lov to abonent xizmatga obunani bekor qilgunicha, yoki xizmat to‘xtatilgunicha yechib olinadi.

«Videogudok» xizmati o‘chirish uchun «STOP» yoki «СТОП» so‘zini 8090 servis raqamiga SMS-xabar orqali yuborish lozim. Bu boradagi batafsil ma’lumotlarni ushbu havola orqali Ucell saytidan olishingiz mumkin.

O‘QING: «DONOLARNING O‘YINI»da Chevrolet Trailblazer avtomobilini yutib olishingiz mumkin!