Eng arzon 5G-smartfonni Realme tayyorladi: «jonli» suratlari va texnik jihatlari

  •   DiMaX
  •  1236
  •  11.08.2020 15:02

Eng arzon 5G-smartfonni Realme tayyorladi: «jonli» suratlari va texnik jihatlari

Hozirda flagman modellardan tashqari, o‘rta narxli smartfonlarni ham 5G-modemli protsessorlar bilan ta’minlashyapti. Bozor uchun kurashda aynan arzon narxli 5G-smartfonlar asosiy o‘rin tutishini ishlab chiqaruvchilar yaxshi bilishadi.

O‘QING: Samsung eng arzon 5G-smartfonini Geekbench’da tekshirib ko‘rdi

OPPO kompaniyasining subbrendi yaqindagina Realme V5 modelini namoyish etgan edi. Bu – xitoylik texnogigantning Honor 30 modeliga o‘xshash, lekin uning yarim narxidagi 5G-smartfondir.

Realme endi 5G tarmog‘ida ishlovchi, dunyodagi eng arzon smartfonni tayyorladi. Katalog raqami RMX2200 bo‘lgan mazkur gadjetning nomi hozircha noma’lum, lekin uning uchun kompaniya 200 dollardan past narx belgilashini aytishmoqda.

TENAA ma’lumotlar bazasida allaqachon mazkur devaysning «jonli» rasmi va ayrim jihatlari ham paydo bo‘lgan:

Kutilayotgan eng arzon 5G-smartfonning boshqa jihatlari ham e’tiborga loyiq: akkumulyatori 5000 mA/soatlik, ekrani diagonaliga 6,52 dyuymlik. Old kamera displeyning kemtigiga joylangan, bosh kamera esa uch modulli bo‘lib, uning kvadrat blogidan tashqari orqa panelda barmoq izi datchigi ham joylashgan. Korpusining o‘lchami ham ma’lum – 164,4x76x8,6 millimetrga teng.

Kompaniya mazkur smartfonni MediaTek Dimensity 720 protsessori bazasida tayyorlagan. Aytish kerakki, Realme V5 ushbu chipsetga asoslangan birinchi devays bo‘lgan va narxi 214 dollardan boshlanadi. Yangi smartfonni arzonroq qilish uchun uning boshqa jihatlarini soddaroq qilishlari mumkin. Masalan, uning displeyida kadr yangilanish chastotasi 90 emas, balki 60 gerslik, boshlang‘ich variantida tezkor xotirasi 4 gigabaytlik, korpusi plastikdan bo‘lishi mantiqqa mos.

O‘QING: TOP-10: Dunyodagi eng zo‘r hamyonbop smartfonlar (AnTuTu reytingi, 2020 yil iyul)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!