Eng arzon 5G smartfonning ilk partiyasi 1 soniyada sotilib ketdi!

Eng arzon 5G smartfonning ilk partiyasi 1 soniyada sotilib ketdi!

Kuni kecha Xitoyda eng arzon 5G smartfon Vivo iQOO Pro 5G taqdim qilingani haqida xabar bergandik. Kecha, ushbu smartfonga oldindan buyurtma qilish boshlangandi va ushbu jarayon atigi bir soniya davom etdi. Buyurtma qilishga ulgurib qolganlar esa o‘z smartfonlarini 2 sentyabr kuni qabul qilib olishadi. Odatdagidek, ilk partiyada qancha smartfon sotilgani ochiqlanmagan. Bu ko‘proq marketing yurishi bo‘lib, boshlang‘ich partiya bir necha ming yoki o‘n mingta smartfondan iborat bo‘lishi mumkin.

iQOO Pro 5G modelining 8 GB tezkor va 128 GB doimiy xotiraga ega bazaviy talqini 535 dollardan baholangandi. Smartfon 5G modemi, SD8 tomchisimon kemtik va barmoq izi daktiloskopli, Full HD+ aniqligidagi 6,41 dyumli AMOLED ekranga, asosiy uchtalik kameraga – 48, 13 va 2 MP, 12 MPlik selfi kameraga, 4500 mA/soatlik akkumulyatorga ega bo‘lgan.

O‘QING: Huawei beshta modeldagi flagmanlari, jumladan – Mate X hamda Mate 30 5G sotuvga chiqish vaqtini rasman aytdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.