Eng arzon Galaxy A smartfoni ham taqdim etildi – narxi va xususiyatlari bilan tanishamiz!

  •   DiMaX
  •  15097
  •  28.02.2019 17:05

Eng arzon Galaxy A smartfoni ham taqdim etildi – narxi va xususiyatlari bilan tanishamiz!

Janubiy koreyalik texnogigant kuni kecha MWC 2019 doirasida «beli baquvvat» Galaxy A30 va Galaxy A50 smartfonlarini namoyish etgandi. Bugun – 28 fevralda esa mazkur turkumning eng arzon modeli – Galaxy A10 ham rasman ko‘rsatildi.

O‘QING: Hamyonbop Galaxy M30 taqdim etildi: uchtalik kamera, 5000 mA/soatlik batareya!

Infinity-U ekranli Galaxy A30 va Galaxy A50 modellaridan farqli tarzda, ularning «ukasi» Infinity-V turidagi displeyga ega. Yangi smartfonning 6,2 dyuymlik ekrani tomonlari o‘zaro 19,5:9 nisbatda, tasvir aniqligi esa HD+ formatida.

Samsung Galaxy A10 taqdimoti Hindistonda o‘tkazildi va u shu mamlakat bozoriga 6 martdan chiqariladi. Narxi 119 dollardan boshlanadi, shunga yarasha, uning barmoq izi skaneri ham yo‘q, akkumulyatori ham «atigi» 3400 mA/soatlik.

Galaxy A10 devaysining «elektron yuragi» – Exynos 7884 protsessori, tezkor va ichki xotirasi esa tegishlicha 2 va 32 gigabaytlik. Bosh kamerasi 13, selfi-kamera esa 5 megapiksellik yakka datchiklardan iborat.

Ushbu smartfon One UI grafik qobig‘i ostidagi Android 9 Pie operatsion tizim bilan chiqarilgan. Galaxy A10 qizil, qora va ko‘k ranglarda taklif etiladi. Ularning boshqa mamlakatlar bozoriga qachon chiqarilishi hozircha noma’lum. Ayrim Samsung smartfonlarini esa hozirdanoq Terashop.uz internet-do‘konimizdan, 949 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish mumkin. Ayniqsa, shu kunlarda – aksiya davrida bu xarid siz uchun manfaatli va qiziqarli bo‘ladi.

O‘QING: Galaxy S10 flagmani allaqachon Terashop.uz’da! Shu va boshqa Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 28 fevral)