Eng «beli baquvvat» hamyonbop – Galaxy M51 rasmiy suratlari, sotuvga chiqish vaqti va narxi!

  •   DiMaX
  •  6345
  •  25.08.2020 14:01

Eng «beli baquvvat» hamyonbop – Galaxy M51 rasmiy suratlari, sotuvga chiqish vaqti va narxi!

Samsung kompaniyasi tez orada Galaxy M51 smartfonini namoyish etishi kutilmoqda. Galaxy M21, Galaxy M30s hamda Galaxy M31modellarini naq 6000 mA/soatlik akkumulyator bilan jihozlagan bo‘lsa, yangi qurilmada bu ko‘rsatkich yanada yuqori!

O‘QING: Hamyonbop rekordchi: Galaxy M51 naq 7000 mA/soatlik akkumulyator bilan chiqyapti!

Gizchina nashri Samsung Galaxy M51 smartfonining rasmiy suratlari, texnik xususiyatlari, savdoga chiqish vaqti va narxlarini ham e’lon qildi. Unga ko‘ra, mazkur model quyidagi ko‘rinishga ega:

Manbaga ko‘ra, janubiy koreyaliklar ushbu telefonni Snapdragon 730G protsessori va kamida 6 gigabaytlik tezkor xotira bilan ta’minlashyapti. Diagonaliga 6,7 dyuymlik ekranida tasvir aniqligi Full HD+ formatida, ya’ni 1080x2400 piksellik.

O‘QING: O‘g‘irlangan Samsung smartfonlarini endi internetga ulanmagan bo‘lsa ham topa olasiz!

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Galaxy M51 barmoq izi skaneri korpusning yon qirrasiga joylanadi. Shunga qaraganda, uning ekranida avval aytilganidek Super AMOLED emas, balki arzonroq – IPS-matritsa qo‘llanayotgan bo‘lishi ham mumkin.

Manbaga ko‘ra, Samsung ushbu smartfoni uchun Hindistonda taxminan 25 000 – 30 000 rupiy, ya’ni 336 – 405 AQSh dollari orasida narx belgilaydi. Uning savdosi esa sentyabrning ikkinchi haftasiga, ya’ni 7–13 sanalari orasiga belgilangan. Shunga ko‘ra, Galaxy M51 kelasi oyning boshidayoq rasman namoyish etilsa kerak.

O‘QING: Ushbu 38 ta rusumdagi Samsung smartfon va planshetlari naq Android 13’gacha yangilanadi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.