Eng katta va tezkor flagman, ammo eng qimmati emas: Galaxy S10 5G narxi aniq bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  18767
  •  30.03.2019 11:14

Eng katta va tezkor flagman, ammo eng qimmati emas: Galaxy S10 5G narxi aniq bo‘ldi!

Samsung kompaniyasi Galaxy S10 turkumidagi smartfonlarini taqdim etgach, ularning uchta modelini tez orada savdoga ham chiqargan. Faqat eng ilg‘ori – Galaxy S10 5G hali sotuvga chiqmagan bo‘lib, uning xususiyatlari quyidagi xabarimizda berilgan:

O‘QING: Galaxy S10 5G superflagmani kutilganidan ancha erta sotuvga chiqyapti – narx va jihatlari bilan tanishing!

Galaxy S10 5G savdoga qo‘yilish vaqti hamda narxlari haqida shu paytgacha taxminiy ma’lumotlar berilib kelayotgan edi. Endi esa Janubiy Koreya nashrlari mazkur superflagmanning aniq narxlarini aytishdi. Yangi xabarlarga qaraganda, Galaxy S10 5G birinchi bo‘lib o‘z vatanida, 5 apreldan sotuvga chiqadi. Keyinroq – 26 aprelda esa uni AQSh bozoriga ham taqdim etishadi.

Manbaga ko‘ra, Samsung Galaxy S10 5G modelining tezkor/doimiy xotirasi tegishlicha 8/256 gigabaytlik versiyasi 1220 AQSh dollariga narxlanadi. Ichki xotirasi 512 gigabayt bo‘lgan superflagman uchun esa kompaniya 1360 dollar so‘raydi.

O‘QING: Galaxy S10 5G o‘z kuchini ko‘rsatdi: atigi 30 soniyada 10 GB kontent!

Galaxy S10 5G modeli tezkor bo‘lishi bilan birga, Galaxy S turkumi tarixida eng yirik – 6,7 dyuymlik ekranga ega. Shularni hisobga olsak, uning yuqorida ko‘rsatilgan narxlari unchalik ham baland emas. Masalan, 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlamaydigan Galaxy S10+ modelining eng qimmat – keramik korpusli versiyasi 1600 dollarga baholangan!

Ushbu superflagmanning O‘zbekiston bozoriga yetib kelishini hozircha kutmasak ham bo‘laveradi, chunki bizda hali 5G tarmog‘ining o‘zi yo‘q! Kompaniyaning jahon bozoriga chiqarilgan aksariyat smartfonlarini, jumladan, Galaxy S10 hamda Galaxy S10+ flagmanlarini esa allaqachon Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda sotib olish mumkin.

O‘QING: Nihoyat, Galaxy S10+ ham Terashop.uz’ga keldi! Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 13 mart) – aksiyasi ham bor!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!