Eng kuchli flagman Android smartfonlar reytingida yangi qirol! (AnTuTu)

Eng kuchli flagman Android smartfonlar reytingida yangi qirol! (AnTuTu)

Mashhur AnTuTu benchmarki xalqaro bozordagi eng kuchli Android smartfonlarning yangi reytingini e’lon qildi. Bu faqat Xitoy bozoridagi eng kuchli smartfonlardan tuzilgan reytingdan keskin farq qiladi. 

Yanvar oyi uchun tuzib chiqilgan reytingda yetakchi o‘zgardi. Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlangan Xiaomi 12 Pro birinchi o‘ringa chiqib oldi. U umumiy test jarayonlarida 979 499 ballni qo‘lga kiritdi. O‘tgan oyda yetakchi bo‘lgan Nubia Red Magic 6 ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Ushbu model 858 275 ball to‘play olgan. 

835 786 ballni qo‘lga kiritgan Asus ROG Phone 5s Pro kuchli uchlikni yakunlab berdi. Qizig‘i shundaki, ROG Phone 5s Pro modeli Snapdragon 888+ chipi bilan jihozlangan reytingdagi yagona smartfon. Qolgan qurilmalar (Xiaomi 12 Pro'dan tashqari) Snapdragon 888 chipida ishlaydi. 

Top o‘ntalikdan mos ravishda Red Magic 6 R, realme GT, Asus ROG Phone 5, iQOO 7, OnePlus 9 Pro, Galaxy S21 Ultra 5G va OnePlus 9 smartfonlari o‘rin olgan. 

Jadval 2022-yil 1-yanvardan 31-yanvargacha bo‘lgan statistikadan kelib chiqib tuzib chiqilgan. AnTuTu reytingida eng yuqori ball emas, balki o‘rtacha ko‘rsatkichlar hisobga olinadi. Har bir smartfon uchun kamida 1000 ta test o‘tkaziladi va umumiy natija hisobga olinadi. Kamroq testdan o‘tgan smartfonlar reytingga kiritilmaydi. 

O‘QING: Eng kuchli Apple qurilmalari reytingi (AnTuTu) 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!