Eng mashhur brazuyer o‘z yubileyini nishonlamoqda

Eng mashhur brazuyer o‘z yubileyini nishonlamoqda

Google'ning Chrome brauzeri chiqarilganidan 14 yil o‘tib, yuzinchi versiyaga yangilandi. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, yangilanish Windows, Mac, Linux, Android va iOS uchun chiqarilgan.

Garchi bu tarixda ilk bo‘ladigan muhim hodisalardan biri bo‘lsada, 100-versiya unchalik katta o‘zgarishlarni o‘z ichiga olmaydi. Undagi eng muhim yangilanish brauzer logo dizaynining o‘zgarishi bo‘lib, u eskisidan soyalari olib tashlanganligi, yorqin ranglar bilan bo‘yalganligi va o‘rtasidagi ko‘k doirasi biroz kattalashganligi bilan ajralib turadi.

Shuningdek, brauzerning yubiley versiyasida Android uchun kamroq megabayt evaziga veb-sahifalarni tezroq yuklash imkonini beruvchi "Lite" (oddiy) rejimi olib tashlangan. Chrome qo‘llab-quvvatlash menejeri Kreyg Tumblisonning aytishicha, megabaytlar narxi pasaygani va Chrome odatda ulardan samaraliroq foydalanishga erishganligi sababli funksiyaga zarurat kamaygan.

Chrome va boshqa brazuzerlarning yuz yoshga to‘lishi internetdagi ko‘plab veb-saytlarni ishdan chiqarishi aytilgan edi. Lekin bir necha oylik ogohlantirishlar va xatoliklarni to‘g‘rilashdan keyin hammasi yaxshiga o‘xshaydi. Aks holda esa, Google 99-versiyada yangilanishni muzlatib qo‘yishini aytgan edi.

O‘QING:  Rossiya Google Play Store bilan xayrlashishga tayyor