Eng murakkab o‘yin: «Iloncha» va «Tetris» chatishmasida kuchingizni sinab ko‘ring!

  •   DiMaX
  •  2809
  •  21.11.2019 12:31

Eng murakkab o‘yin: «Iloncha» va «Tetris» chatishmasida kuchingizni sinab ko‘ring!

Afsonaviy «Iloncha» (Snake Xenzia) o‘yini Nokia telefonlari (sotib olish) orqali mashhur bo‘lgan. «Tetris» o‘yinini esa bilmagan odam bo‘lmasa kerak. Xo‘sh, shu ikkalasini bir vaqtning o‘zida o‘ynay olasizmi?

O‘QING: Eng asabni o‘ynovchi saytni yaratishdi – bir kirib ko‘rmaysizmi?

Fransiyalik dasturchi brauzerda o‘ynaladigan yangi o‘yin yaratdi, aniqrog‘i – unda shu ikkita afsonaviy o‘yin birlashtirilgan. Ekranning chap tomonida «Tetris», o‘ng tarafida esa «Iloncha» chiqadi.

O‘yinning murakkabligi shundaki, klaviaturada tugmachalarni bosish orqali bu ikki o‘yin bir vaqtning o‘zida boshqariladi. Siz parallel ravishda «Tetris»dagi bloklarni bir qatorga terishingiz va «Iloncha»ning to‘siqlarga (yoki o‘z tanasiga) urilib ketmasligini ta’minlashingiz kerak. Qo‘shaloq o‘yinning bittasida yutqazsangiz ham, boshidan boshlashga to‘g‘ri keladi.

Mahoratingizni sinab ko‘rish uchun kompyuter yoki noutbukdagi istalgan brauzerda mana bu havola orqali o‘yin sahifasiga o‘tishingiz mumkin. Uni boshqarish uchun yo‘nalish tugmachalari hamda «probel» ishlatiladi, xolos, ammo har bir bosishingiz bir vaqtning o‘zida ikkala o‘yinga ham ta’sir ko‘rsatadi.

O‘QING: The Game Awards 2019 – eng zo‘r o‘yinlar mukofotiga qaysilar nomzod?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.