Eng muvaffaqiyatli ayfon va Apple'ga oid eng so‘nggi faktlar!

Eng muvaffaqiyatli ayfon va Apple'ga oid eng so‘nggi faktlar!

Apple kompaniyasi 2017 yilning 3-moliyaviy choragiga oid ma’lumotlar bilan birga, o‘zining ba’zi mahsulotlariga oid statistikani ham e’lon qildi. Quyida ular bilan tanishing.

1. 2017 yilning 3-moliyaviy choragida sotilgan 41 million dona  iPhone 7/7 Plus smartfonlaridan Apple jami $28,4 mlrd dollar daromad olgan;

2. Tim Kuk kompaniyaning kelajakdagi taraqqiyoti ARKit, ya’ni qo‘shimcha voqelik texnologiyasining kompaniya gadjetlari platformasi bilan integratsiya qilinishiga bog‘liq ekaniga ishonadi;

3. Jahon smartfon bozorida iPhone smartfonining o‘rtacha narxi 606 dollarni tashkil qiladi;

4. iPhone 7 modeli iPhone'ning boshqa barcha modellariga qaraganda yaxshi sotilmoqda va u ayni paytda Apple'ning muvaffaqiyat bilan ommalashyotgan smartfoni;

5. iPhone 7 Plus sotilishi bo‘yicha iPhone 6s Plus'ga qaraganda bir oz omadli;

6. iCloud hamda Apple Music xizmatlari foydalanuvchilari ayni paytda 185 million nafarni tashkil qiladi;

7. Apple Music foydalanuvchilari so‘nggi 90 kunda 20 mln nafarga ko‘paygan;

8. Deyarli 90% NFC-to‘lovlar Apple Pay orqali amalga oshirilmoqda;

9. iPad savdosi 3-moliyaviy chorakda jahon miqyosida 15% ga oshgan;

10. 1,2 million nafar maktab o‘quvchilari ta’lim olishda iPad va Swift Playground qurilmalaridan foydalanadi;

11. Yangi Mac kompyuterlarining ishlashidan foydalanuvchilarning 95% i xursand;

12. AirPods 98% xaridorlariga ma’qul kelgan;

13. iPhone 7 xarid qilgan 95% xaridor aynan shu smartfonni xarid qilib, xato qilmaganini ma’lum qilgan, iPhone 7 Plus'da bu natija -- 99%;

14. Foydalanuvchilar Google Play Market bilan solishtirib ko‘rganda, App Store'dan dasturlarni 2 barobar ko‘proq xarid qilishmoqda;

15. Ilk kompyuterini o‘tgan asrda  $666.66 bahosida sotuvga chiqargan Apple bugun jahonning eng qimmat kompyuterlarini ishlab chiqarmoqda. Apple joriy yil 5 iyunida Kaliforniyada o‘z tarixidagi «eng kuchli stol kompyuteri» deya e’tirof qilgan iMac Pro’ni taqdim qilgan edi. 

“Eng kuchli” Mac kompyuterining eng arzon talqini, ya’ni 8 yadroli Intel Xeon protsessori, Radeon Vega videokartasi, 32 GB tezkor va 1 TB doimiy xotiraga ega talqini 4999 dollardan boshlab sotiladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!