Eng qimmat kompaniya endi Microsoft ham emas, Apple esa yanada pastladi!

  •   DiMaX
  •  2042
  •  08.01.2019 11:44

Eng qimmat kompaniya endi Microsoft ham emas, Apple esa yanada pastladi!

2018 yilda taqdim etilgan iPhone’larning savdosi yaxshi bo‘lmay, Apple aksiyalari narxlari tushib borayotganidan xabaringiz bor. Natijada kupertinolik korporatsiyadan o‘zib ketgan boshqa texnologik kompaniya eng qimmati bo‘lgan edi.

O‘QING: Apple endi eng qimmat kompaniya emas. Yangi lider bilan tanishing!

CNBC nashrining xabariga ko‘ra, 2019 yilning 7 yanvarida Amazon dunyodagi eng qimmat korporatsiyaga aylangan. Shu kuni bu kompaniyaning aksiyalari 2.7 foizga oshgan, kapitalizatsiyasi esa 790 milliard dollarga yetgan.

Eng qimmat kompaniyalar ro‘yxatining ikkinchi pog‘onasini band etgan Microsoft’ning qiymati esa 785 milliard dollarga teng. Buni qarangki, yaqindagina ikkinchi o‘rinda kelayotgan Apple endi 690 milliardlik ko‘rsatkich bilan to‘rtinchi o‘ringa tushib qolgan. Uni 740 milliardlik Alphabet kompaniyasi ham ortda qoldirib ketgan.

Aytish kerakki, Apple’dan boshqa yana ko‘plab texnologik kompaniyalarning ham aksiyalari narxlari tushmoqda. Ular qatorida AMD, Nvidia, Skyworks, Qorvo, Boeng, Caterpillar kabilar ham bor. G‘arb investorlari Xitoy bozoridagi vaziyatdan va dunyo iqtisodiyotining o‘sish sur’ati pasayganidan qattiq xavotirga tushishgan.

O‘QING: Dunyoning eng boy odami kompaniyasi bankrot bo‘lishini bashorat qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!