Eng yangi – Nokia 8.1 smartfoni Geekbench’da «qo‘lga tushdi»!

  •   DiMaX
  •  589
  •  20.10.2018 15:20

Eng yangi – Nokia 8.1 smartfoni Geekbench’da «qo‘lga tushdi»!

HMD Global kompaniyasi yaqindagina o‘zining Nokia X7 (yoki Nokia 7.1 Plus) smartfonini namoyish etgan edi. Endi esa uning taxminan shunaqa narx toifasidagi yana bitta telefon tayyorlayotgani fosh bo‘ldi.

O‘QING: 245 dollarlik Nokia X7 (yoki Nokia 7.1 Plus) taqdim etildi: Android 9.0 Pie tizimli va Snapdragon 710 chipli!

Afsonaviy brendning navbatdagi smartfoni Nokia 8.1 deb ataladi va u allaqachon Geekbench servisida tekshirib ko‘rilgan. Ushbu bazada saqlanib qolgan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi gadjet ham Nokia X7 kabi Qualcomm Snapdragon 710 protsessoriga va Android 9 operatsion tizimiga ega.

Benchmarkda sinab ko‘rilgan Nokia 8.1 smartfonining tezkor xotirasi 4 gigabayt hajmli. Lekin uning kattaroq «operativka»li varianti ham chiqarilsa kerak. Ko‘rinib turibdiki, bu gadjet ushbu turkumning avvalgi vakillari – Nokia 8 va Nokia 8 Sirocco singari flagmanlikka da’vo qila olmaydi. Afsuski, bu telefonning boshqa xususiyatlari hamda taqdimot sanasi hozircha ma’lum emas.

Darvoqe, mazkur brendning afsonaviy telefoni yangi talqinda qayta ishlab chiqarilganidan xabaringiz bor. Terashop.uz internet-do‘konimizda shu Nokia 3310 (2017) modelini 462 000 so‘mga sotib olish imkoni mavjud.

O‘QING: Barcha Nokia smartfonlari egalari uchun ajoyib syurpriz bor!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!